Sari Azzam - autizmdan aziyat chekayotgan, ammo hayratga soluvchi iste'dod egasi bo'lgan besh yoshli suriyalik qizaloq bir necha tillarni o'rgandi va butun Qur'onni yodlab oldi.
U ikki yoshida autizm kasalligiga chalingan, ammo Suriyadagi mutaxassislar uni daho deb hisoblashadi. Qiz har kuni ingliz, frantsuz, koreys, yapon, yunon va ispan tillarini o'rganadi. Unga butun Qur'onni yodlash uchun ikki yil vaqt kerak bo'ldi. Sari murakkab matematik tenglamalarni ham echishi mumkin.
Autizm va Daun sindromi bo'yicha mutaxassis Majd Al-Alusiyning aytishicha, autizm til o'rganish kabi murakkab vazifalarni bajara olishi uchun Sariga o'zgacha qobiliyatni ato etgan. Biroq shifokorning so'zlariga ko'ra, qizaloqning muloqot qilish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun doimiy qo'llab-quvvatlash kerak.
Islam.ru portalining xabariga ko'ra, Alusiy "aniq ko'rish xotirasi"ni Sarining ko'plab iste'dodlaridan biri deb atadi. Boshqa ko'plab suriyalik oilalar singari bu oila ham uzoq yillar urush va majburiy ko'chishdan azob chekdi va iste'dodli qizning bilimga bo'lgan chanqog'ini qondirish uchun qalam va planshetdan boshqa hech narsa bilan ta'minlay olmaydi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.
O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).