Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Yanvar, 2026   |   12 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:14
Quyosh
07:36
Peshin
12:41
Asr
15:56
Shom
17:42
Xufton
18:57
Bismillah
31 Yanvar, 2026, 12 Sha`bon, 1447

Dinda savolim bor: Yangi tug'ilgan chaqaloqqa boshiga za'faron surtish kerakmi?

14.01.2022   2222   1 min.
Dinda savolim bor: Yangi tug'ilgan chaqaloqqa boshiga za'faron surtish kerakmi?

— Yangi tug'ilgan chaqaloqning aqiqa kuni sochi olingach, boshiga za'faron surtish kerakligi haqida o'qigandim. Bu dinimizda aytilgan-mi?

— Ha, bu borada hadisda ta'lim berilgan. Abu Dovud va Bayhaqiylar sahobalardan Buraydadan rivoyat qilishgan. U aytadi: “Johiliyatda bolani boshiga qon surtishar edi. Alloh islomni keltirgach (aqiqa uchun), qo'y so'yadigan va sochini olib bo'lgach, boshini za'faron bilan bo'yaydigan bo'ldik”. Ushbu hadisdagi za'farondan maqsad boshiga xushbuy narsa surtishdir.

 

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Yomonliklardan to‘suvchi ibodat

29.01.2026   1910   1 min.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari

MUFTIY MINBARI