Bugun, 11 yanvar' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasida O'zbekiston zaminidan etishib chiqqan alloma Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniyning “Jomi' ahkom as-sig'or” asarining o'zbek tilidagi ilk nashri va Toshkent shahridagi "Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf" jome masjidi imom noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajidning “Yo'l harakati fiqhi” kitobi taqdimoti o'tkazildi.
Marosimda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari, taniqli ulamolar, imom-domlalar, mudarrislar, professor-o'qituvchilar, turli soha vakillari va OAV xodimlari qatnashdi.
Taqdimot marosimida so'zga chiqqan notiqlar ishtirokchilarga “Jomi' ahkom as-sig'or” va “Yo'l harakati fiqhi”kitoblarining bugungi kundagi ahamiyati haqida keng ma'lumot berishdi.
Ma'rifiy tadbir tafsiloti haqida sayt va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizda batafsil ma'lumot beramiz.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Muslim.uz
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Savol: Men umrada tavof qilayotgan edim. Namoz vaqti bo‘lganda safga turib, takbir aytilishini kutib o‘tirgan edik. Shunda masjid xodimlaridan biri saf orasida aylanib yurib, yelkasi ochiq odamlarga yelkangni yop degan ishoralar qildi. Tavof qilayotgan odam yelkasi ochiq bo‘lishi kerakmasmi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Tavofda o‘ng yelkani ochish fiqhiy kitoblarda iztibo’ deyiladi. Ya’ni, umra yoki haj amallarini bajarayotgan shaxs ehromga kirib, tavof qilsa, ridoni o‘ng yelkasining ostidan o‘tkazib, chap yelkasiga tashlab oladi. Bu amal ketidan sa’y qilish amali bo‘lgan tavofda sunnat hisoblanadi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, iztibo’ amali (o‘ng yelkani ochib qo‘yish) masjidga kirishdan oldin, namoz va sa’y vaqtida, shuningdek, ortidan sa’y amali bo‘lmagan tavoflarda sunnat hisoblanmaydi.
Yelka ochiq holatda namoz o‘qish odatiy ehromsiz holatda bo‘lgani kabi ehromda ham makruh sanaladi. Shuning uchun savoldagi kabi tavof qilish asnosida namoz vaqti bo‘lib qolsa, yelkalar yopilib, namozga kirishiladi. Namozdan keyin yana yelkani ochib, tavofni davom ettiradi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.