Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.
Ommatan musulmonlarga, xususan tolibi ilmlarga vaqtlarini ko'p uxlash bilan zoye qilib yubormasliklari lozim bo'ladi. Bunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam va sahobai kiromlarga iqtido qilishlik bor. Alloh taolo aytadi: «(Ey Muhammad alayhissalotu vassalom), albatta Parvardigoringiz siz va siz bilan birga bo'lgan kishilardan iborat toifa (ya'ni, sahobalaringiz goho) kechaning uchdan ikkisidan ozrog'ida, (goho) uning yarmida va (goho) uchdan birida (bedor bo'lib, namozda) turishlaringizni bilur» (Muzzamil surasi, 20-oyat).
uningdek, bu buyuk imomlarimiz va salafi solihlarimizning ham odatlaridandir.
Imom Abdulloh ibn Muborak rohimahulloh aytadilar: «Bizga imom Abu Hanifaning qirq yil besh vaqt namozni bir tahorat bilan o'qiganlari, uyqulari o'tirgan holatlarida bo'lishi, peshin va asr oralig'ida bir lahza orom olishlari, qish paytida tunning avvalida bir lahza uxlashlari va Qur'oni karimni ikki rakatda jamlashlarining xabari etib kelgan».
Yana aytadilar: «Abu Hanifa odamlarning eng bilimdonidir». Boshqa bir o'rinda: «Fiqhda Abu Hanifaga o'xshagan biror kishini ko'rmadim», deganlar. («Tobaqotul kubro» asarida kelgan 1/46-bet).
Hasan ibn Ammora rohimahulloh Abu Hanifa rohimahulloh vafot etganlarida, u zotni yuvayotib, shunday deganlar: «Alloh sizni mag'firat qilsin! O'ttiz yildan biri og'iz ochmadingiz (ya'ni, kunduzi ro'zador bo'ldingiz) va qirq yil tunda yonboshingizni erga qo'ymadingiz». (Imom Zahabiyning «Manoqibu Abi Hanifa» kitobida kelgan 13-bet).
Imom Hammoniy rohimahulloh aytadilar: «Abu Hanifani olti oy lozim tutdim. U zot bomdod namozini xufton namozining tahorati bilan o'qir edilar va har kecha Qur'oni karimni sahar vaqtida xatm qilar edilar». (Imom Zahabiyning «Manoqibu Abi Hanifa» kitobida kelgan 13-bet).
Imom Muhammad ibn Salama rohimahulloh aytadilar: «Muhammad ibn Hasan Shayboniy tunni uch qismga taqsimlagan edilar: o'xlash uchun bir vaqt, namoz uchun bir vaqt va dars qilish uchun bir vaqt. U zot sahar vaqti doim uyg'oq bo'lar edilar. U zotga: «Nega uxlamaysiz?», deb so'rashganda «Qanday qilib uxlaymiz, axir odamlar bizga ishonib uyquga ketgan bo'lsalar?! Ular: «Boshimizga bir ish tushsa, uni unga olib boramiz, u unga echim topib beradi», deb aytadilar. Agar uxlasak, bunda dinni zoye qilishlik bor», deb javob berganlar. («Bulug'ul amoniy» kitobida kelgan 59-bet).
Imom Zahabiy rohimahulloh Shayxul Islom Muhyiddin Yahyo ibn Sharaf Navaviy rohimahulloh haqlarida shunday aytadilar: «U zot 631-hij. yilda Nava shahrida dunyoga keldilar. 649-hij. yilda Damashqqa keldilar. U erda «Rovahiyya» madrasasida madrasa nonidan tanavvul qilib kun kechirdilar. U zot aytadilar: «Ikki yil yonboshimni erga qo'ymadim». Bu orada u zot «Tanbeh» asarini to'rt yarim oyda yod oldilar va yilning qolgan vaqtida «Muhazzab» asarining to'rtdan birini ustozlari Kamol Ishoq ibn Ahmad rohimahullohga yoddan o'qib berdilar». («Qiymatuz zamon» 71-bet va «Tazkirotul huffoz» 4/1472 kitoblarida kelgan).
Shayx Saloh Abulhoj hafizahullohning
«Qalbni sug'organ hikmat ziloli» kitobidan.
Abdussami Hayrulloh tarjimasi
Inson qadri ulug‘lanayotgan Yangi O‘zbekistonda odamlarni hayotdan rozi qilish, har bir odamning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda turli soha vakillariga ehtirom ko‘rsatish muhim vazifa etib belgilangan.
Ayniqsa, yon-atrofimizni obod va ozoda qiladigan kasb egalarini qadrlash — insonparvar jamiyatning asosiy belgisidir.
Shu maqsadda, 30 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan "Hazrati Imom" majmuasida poytaxtimiz obodligi va ko‘rkamligiga hissa qo‘shib kelayotgan obodonlashtirish xodimlari uchun ehson dasturxoni yozilib, iliq so‘zlar ila hadyalar ulashildi.
Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi mas’ullari va 200 nafardan ziyod xodimlar ishtirok etdi.
Muftiy hazratlari o‘z so‘zlarida so‘nggi yillarda yurtimizda Davlatimiz Rahbari tomonidan inson qadrini yuksaltirish yo‘lida ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilayotgani va bu har bir hamyurtimiz hayotida o‘z aksini topayotganini alohida ta’kidlash barobarida mazkur kasb egalarining jamiyat hayotidagi o‘rni beqiyos ekani, ular tufayli yurtimiz obod, ko‘chalarimiz orasta, atrof-muhitimiz pokiza va qalblarimiz ravshan bo‘lishini alohida qayd etdilar.
Shuningdek, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari so‘zlarida ana shunday fidoyi insonlar dinimizda yuksak qadrlanishini ta’kidlab, yo‘ldan ozorni ketkazish ham iymondan sanalishini, Islomda poklikka alohida e’tibor qaratilishi uning iymon bilan bog‘langanidan ham yaqqol ko‘rinishini aytib o‘tdilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: “Poklik iymonning yarmidir”, degan hadislarini yodga oldilar.
Muxtasar qilib aytganda, tadbirda jamiyat farovonligi, avvalo, insonga bo‘lgan e’tibor, uning mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirishdan boshlanishi ta’kidlandi. Poytaxtimiz obodligi yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan obodonlashtirish xodimlariga ko‘rsatilayotgan bunday ehtirom va g‘amxo‘rlik davlatimizda har bir insonning mehnati va qadri e’zozlanishining yaqqol namunasi ekani qayd etildi.
Tadbir yakunida Muftiy hazratlari tomonidan sohada faollik ko‘rsatayotgan jonkuyar xodimlarga qimmatbaho sovg‘alar, barcha ishtirokchilarga esa oziq-ovqat jamlanmalari hadya etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati