Qishlog'imizda ko'rimsizgina bir yigit bor. Ko'pchilik qatori men ham unga
beparvo edim. Ta'bir joiz bo'lsa, uni unchalik xushlamasdim.
Ittifoqo, qish kunlarining biri da Farg'onaga boradigan avtobusda uch rashib qoldik.
– Ha, hamqishloq, yo'l bo'lsin, – so'radim men, – salomlasha turib.
– Mehnatobodga ketyapman, tarvuz olib kelaman.
Safari maqsadi qiziq tuyuldi. “Qish li-qirovli kunlarda shuncha joyga borib tarvuz
olib kelish zarilmi”, dedim ajablanib va yana so'radim:
– Sizga nima zaril shunday qahra tonda?..
– Kerak-da, aka, dadamning mazasi yo'q. Hech narsa emay qo'ydi. “Tarvuz egim kelyapti”, de-
gandi, surishtirsam, bozorda qovun bor-u, tarvuz yo'q ekan. Mehnatobodda tarvuz bor deyishdi. O'shanga ketyapman.
Yigitning gapi menga qattiq ta'sir qildi. Unga nisbatan mehrim tovlanib, ko'zimga bosh-
qacha ko'rinib ketdi. Odamning surati emas, siyrati go'zal bo'lsin ekan.
Sobirjon OTABOYeV,
Buvayda tumani
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari” tashabbusi doirasida navbatdagi amaliy tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida tashkil etilgan mazkur muloqotda asosiy urg‘u jamiyat barqarorligi va yoshlar tarbiyasiga qaratildi.
Viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov ishtirokchilar bilan suhbatda mamlakatimizdagi diniy-ma’rifiy islohotlar va o‘zaro hamjihatlikning ahamiyatiga to‘xtaldi.
Tadbir faqat ma’ruzalar bilan cheklanib qolmay, yuksak insoniy fazilat — saxovat tadbiriga ulanib ketdi. Jumladan, hududdagi ehtiyojmand va bemor oilalar holidan xabar olinib, ularga moddiy hamda ma’naviy yordam ko‘rsatildi.
Bu kabi xayrli ishlar aholi orasida mehr-oqibat va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati