Namangan shahar "Abu Yusuf" jome masjidi imom-xatibi
Abdulbosit qori Yusupov
Qiyomat kuni ba’zilar o‘ylaganidek dahshatli emas, balki u Kun ahdiga sodiq bo‘lgan va o‘sha Kun uchun amal qilganlar uchun ajoyib va go‘zal kun bo‘ladi: “Ularni buyuk dahshat mahzun qilmas” (Anbiyo surasi, 103-oyat).
Ular qayta tirilganlarida va farishtalar ularni kutib turganini ko‘rganlarida, u Kun ajoyib kun bo‘ladi: “Farishtalar ularni: «Bu sizlarga va’da qilingan kuningizdir», – deya kutib olurlar” (Anbiyo surasi, 103-oyat).
Ular shodlikdan butun olamga jar solganda u Kun ajoyib kun bo‘ladi: “Mana, mening kitobimni o‘qib ko‘ringlar!” (Haaqqo surasi, 19-oyat).