Habar berganimizdek, bugun, 16 dekabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari Namangan shahridagi innovatsion shaklda qurilgan “Yusufxon o'g'li Qosimxon” jome masjidiga peshin namoziga tashrif buyurib, namozxonlarga mav'iza qilib beradilar.
Ayni paytda masjidda Muftiy hazratlari tashrifiga qizg'in tayyorgarlik ko'rilmoqda.
Muftiy hazratning Namangan viloyatiga safarlarini sayt va ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Muslim.uz
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
Alloh taolo aytadi: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur”, (Taloq surasi, 2-oyat).
Izoh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhu oyati karimaning “chiqish yo‘li” qismini “dunyo va oxiratdagi har turli tashvishlardan uni qutqaradi”, deb tafsir qilganlar.
- Ali ibn Solihga ko‘ra, “chiqish yo‘li” Alloh taoloning o‘sha bandaga rizq berish bilan uni xushnud etishidir.
- Kalbiy oyatni bunday tafsir qiladi: “Kim musibat paytida sabr qilib, Allohdan qo‘rqsa, Parvardigor unga do‘zax otashidan jannat sari bir chiqish yo‘li ko‘rsatadi”.
- Abul Oliya oyatni: “Turli mashaqqat va tashvishlardan chiqish yo‘li”, deya sharhlagan bo‘lsa,
- Rabi’ ibn Haysam: “Odamni siqadigan hamma narsadan unga chiqish yo‘li ko‘rsatadi”, shaklida tafsir qilgan.
- Husayn ibn Fazlga ko‘ra, oyat tafsiri bunday: “Kim farzlarni ado etish borasida Allohdan qo‘rqsa, Alloh unga jazolanishdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi”.