Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Sentabr, 2026   |   8 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:48
Quyosh
06:07
Peshin
12:17
Asr
16:37
Shom
18:30
Xufton
19:45
Bismillah
19 Sentabr, 2026, 8 Rabi`us soni, 1448

Oksford universiteti bilan hamkorlik rivojlanmoqda

09.12.2021   2405   1 min.
Oksford universiteti bilan hamkorlik rivojlanmoqda

O'zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi dunyoda etakchi ta'lim va tadqiqot muassasasi bo'lgan Oksford universiteti rahbariyati va olimlari bilan muzokaralar o'tkazdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo» AA.

Oksford universiteti bilan O'zbekiston universitetlari va ilmiy-tadqiqot institutlari o'rtasida akademik hamkorlikni yo'lga qo'yish, ta'lim va ixtisoslashtirilgan mutaxassislar tayyorlash sohasida o'zaro aloqalarni mustahkamlash, shu jumladan, Blavatnik nomidagi davlat boshqaruvi maktabi va Buyuk Britaniya universiteti huzuridagi «Saïd» biznes-maktabida ixtisoslashtirilgan dasturlar doirasida munosabatlar o'rnatish muhokama qilindi.

Universitet prorektori Martin Uil'yams O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar ta'lim, fan va kadrlar tayyorlash sohasidagi o'zaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashga xizmat qilayotganini alohida ta'kidladi.

Tarix, arxeologiya, ta'lim, tibbiyot, zoologiya, seysmologiya, muhandislik kabi sohalarda aloqalarni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Markaziy Osiyo tarixiga oid qo'lyozma va manuskriptlar yig'ilgan mashhur Bodlean kutubxonasi bilan hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlariga e'tibor qaratildi.

Oksford universiteti olimlari bilan uchrashuvlar chog'ida Markaziy Osiyodagi ijobiy o'zgarishlar samarasida akademik hamjamiyat o'rtasida mintaqa mamlakatlari tarixi va zamonaviy taraqqiyotini o'rganishga e'tibor kuchayayotgani ta'kidlandi.

Markaziy Osiyoning dunyo siyosiy xaritasidagi nufuzi va ahamiyatini oshirishga xizmat qiladigan qo'shma ilmiy tadqiqotlar o'tkazishga qiziqish bildirildi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   39462   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari