Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Dekabr, 2025   |    ,

Toshkent shahri
Tong
06:15
Quyosh
07:41
Peshin
12:23
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:17
Bismillah
14 Dekabr, 2025, ,

Qomusimiz – ravnaqimiz!

08.12.2021   1666   5 min.
Qomusimiz – ravnaqimiz!

Yangi O'zbekiston diniy e'tiqodlar hamda madaniy-ma'naviy omillarning umumiy silsilasiga kiruvchi, teng huquqli qadriyat sifatida tan olindi va to'la erkinlik berildi. Diniy tashkilotlarga qonun doirasida ochiq va daxlsiz faoliyat ko'rsatish imkoniyati yaratildi. O'zbekiston aholisining asosiy qismi islom diniga, boshqa millat vakillari esa o'zlarining din va mazhablariga emin-erkin e'tiqod qilmoqda. Diniy emin-erkinlik haqida so'z yuritar ekanmiz hozirda yurtimizda 15 dan ortiq diniy konfessiya vakillari bag'rikenglik tamoyili asosida yashamoqdalar. Ular vatan mustaqilligini mustahkamlash, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash yo'lida hamjihat faoliyat yuritmoqdalar.

Yer kurrasida faxrli o'rinni olgan suveren demokratik O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni mamlakatimiz uzra kirib kelmoqda. Bu muqaddas an'anaviy kun ona diyorimizda bayram sifatida keng nishonlanishi xalqimizning asl muddaosidir. Qomusimizda xalqimiz ruhiga mos keladigan diyonat, mehr-oqibat, or-nomus, adlu insof, imon-e'tiqod, bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanganligi, iffat, hayo, shaxsiy huquq va erkinliklar, siyosiy huquqlar, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar, inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari, fuqarolarning burchlari kabi eng ezgu ijtimoiy mavzularning mujassam bo'lgani  sababli u mamlakatimiz ravnaqiga o'z xissasini qo'shmoqda.

Aytishimiz mumkinki, ko'p millatli O'zbekistonimizda turli diniy e'tiqodlar vakillari o'rtasidagi hamjihatlikni huquqiy mustahkamlab qo'yilgan. Bu quyidagi: “O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi,  e'tiqodi,  shaxsiy  va   ijtimoiy  mavqeidan qat'i nazar qonun oldida tengdirlar”. (18-modda) deyilgan jumlalarda o'z ifodasini topgan. E'tibor bersak, mazkur moddada diniy e'tiqod hamda milliy hayotga, fuqarolarning milliy his-tuyg'ulariga daxldor muhim ahamiyatga ega qator tamoyillar belgilab qo'yilganiga ishonch hosil qilamiz.

Darhaqiqat, jannatmakon yurtimizda, so'nggi yillarda aholining diniy qadriyatlarga e'tiborining ortishi tarixiy-an'anaviy madaniyatni tiklashda muhim omillardan biriga aylangan. Yurtimizda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy, milliy va diniy islohotlar haqida so'z yuritar ekanmiz, islom diniga, uning qadriyatlariga bo'lgan munosabat nechog'li rivojlanib borayotganiga yana bir bor guvoh bo'lamiz.

Yaxshi bilamizki, mustaqillik yillarida yurtimizda islom dini ravnaqi va taraqqiyoti yo'lida keng imkoniyatlar ochildi. E'tiqod erkinligi, shu kunlarda qabul qilinganligini keng nishonlanish arafasida turgan Asosiy bosh Qomusimizda kafolatlanib qo'yilgan. Bu Konstitutsiyamizning Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e'tiqod qilish huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi (31-modda).degan iboralar bilan o'z aksini topgan.

Mamnuniyat bilan ayta olamiz, xalqimizni barchasi uchun xizmat qilish Qonunimizda belgilab berilgan. Unda aynan mehr-shafqat ko'rinishi quyidagi 45-moddada o'z ifodasini topgan:  “Voyaga etmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg'iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir”. Bunday insonparvarlik ramzi bo'lmish mehr-muruvvatni muqaddas dinimiz, milliyligimizning hayot baxsh ta'limoti, avvalo, insonni eng azizu mukarram zot sifatida e'zozlaydi. Odamlar din va e'tiqodda bir-birlaridan farqlansalarda, asosiy qonunimizning tamoyili bilan fuqarolar teng huquqli, ularning o'zaro mehr-shafqatli, hamda do'stlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashda barcha barobardirlar.

Bilamizki, asosiy Qonunimizda jinsi, millati, dini, irqi, yoshi, e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi va boshqalarga ko'ra inson huquqlarini muayyan darajada kamsitadigan birorta ham moddaning yo'qligidan, o'ylaymizki, ajdodlarimizdan meros bo'lib kelayotgan milliy qadriyatlarimiz va bebaho an'analarimizning beqiyos o'rni bor. Ming yilliklar davomida ajdodlardan avlodlarga, ota-onalardan farzandlarga, vorislarga o'tib kelayotgan va dunyoning hech bir burchagida takrorlanmaydigan ajoyib munosabatlarning, insoniy fazilatlarning asosiy Qonunimizdan o'rin egallagani tahsinga sazovor. Shunga ko'ra azaldan ajdodlardan meros bo'lib kelayotgan ota-ona va farzandlar munosabati insoniy fazilatlar sifatida oila va nikohga kata e'tibor qaratib kelingan. Nasl-nasabni saqlash, jamiyatning ma'naviy holatini yaxshilashning asosiy omili oila deya e'tirof etilgan. Bu esa Konstitutsiyaning 63-moddasida: “Oila jamiyatning asosiy bo'g'ini dirhamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega” deb oilaga alohida to'xtalib o'tilgan.

Bir so'z bilan aytganda Yurtimizda kafolatlab qo'yilgan dinu-diyonat erkinligi, insoniy g'amxo'rliklarni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni, tinchlik-osoyishtalikni ilohiy marhamat va ulug' ne'mat deb qabul qilib, ular uchun shukronalar keltirishimiz ayni musulmonchilik burchimizdir. Zero, bu bilan Allohning “Shukr etsalaringiz, albatta ziyoda etaman” degan chaqirig'iga muvofiq bo'lamiz.

 

Abdulhay TURSUNOV,
O'zbekiston musulmonlari idorasining
Namangan viloyat vakili

Maqolalar
Boshqa maqolalar

O‘zbekiston va Qatar munosabatlari mustahkamligi yo‘lida

12.12.2025   18927   1 min.
O‘zbekiston va Qatar munosabatlari mustahkamligi yo‘lida

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov boshchiligida Diniy idoraning bir guruh vakillari Qatar davlatining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan Qatar mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda qatnashdi.

O‘zbekiston va Qatar xalqlarini o‘zaro bog‘lab turuvchi tarixiy-madaniy rishtalar bugungi kunda keng ko‘lamli va uzoq muddatli aloqalarning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.

Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad al Soniy sa’y-harakatlari bilan so‘nggi yillarda Qatar Davlati keng qamrovli taraqqiyot borasida sifat jihatdan ulkan o‘zgarishlarga erishdi hamda strategik rejalashtirish va zamonaviy iqtisodiy boshqaruv sohalarida o‘rnak bo‘ladigan mamlakatga aylandi.

Bu yilgi bayramni Qatar davlati va uning fuqarolari "Qatar sizlar bilan yuksaladi va sizlardan kutadi" shiori ostida nishonlamoqda. Bu shior ham Qatar davlati amirining so‘zlaridan olingan. Qatar Milliy 2030 Rivojlanish Strategiyasi esa insonni taraqqiyot markaziga qo‘yib, uni oliy maqsad sifatida belgilagan.

Eslatib o‘tamiz, sal oldinroq Qatar elchixonasi tomonidan Islom sivilizatsiyasi markaziga bir qator kitoblar sovg‘a qilingan, o‘z navbatida mehmonlarga Markaz tomonidan Katta Langar Qur’onining faksimile nusxasi tuhfa etilgan edi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati  

O‘zbekiston va Qatar munosabatlari mustahkamligi yo‘lida