Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Noyabr, 2025   |   16 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:41
Quyosh
07:01
Peshin
12:12
Asr
15:30
Shom
17:15
Xufton
18:30
Bismillah
07 Noyabr, 2025, 16 Jumadul avval, 1447

Prezident farmoni bilan 182 nafar shaxs afv etildi

08.12.2021   981   2 min.
Prezident farmoni bilan 182 nafar shaxs afv etildi

Insonparvarlikning yuksak namunasi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan davlatimiz tomonidan olib borilayotgan gumanistik siyosatning amaliy tasdig'i sifatida “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o'tayotgan, qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan va tuzalish yo'liga qat'iy o'tgan bir guruh shaxslarni afv etish to'g'risida”gi Farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan sodir etgan jinoyati uchun jazoni ijro etish muassasalarida jazo o'tayotgan hamda qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan va tuzalish yo'liga qat'iy o'tgan 182 nafar shaxs afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 3 nafari asosiy jazodan to'liq ozod etildi, 108 nafari jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 8 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi engilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 63 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 6 nafarini chet el fuqarolari, 6 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 9 nafarini ayol hamda 25 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag'riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug'ullanishlari, sog'lom turmush tarzini yo'lga qo'yib, jamiyatda munosib o'rin topishlari uchun ularga ko'mak berish bo'yicha mas'ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.

O'zA

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Buxoroda imom-xatiblar va otinoyilar bilan amaliy uchrashuv

06.11.2025   3892   1 min.

 

Buxoroda imom-xatiblar va otinoyilar bilan amaliy uchrashuv Buxoroda imom-xatiblar va otinoyilar bilan amaliy uchrashuv Buxoroda imom-xatiblar va otinoyilar bilan amaliy uchrashuv Buxoroda imom-xatiblar va otinoyilar bilan amaliy uchrashuv Buxoroda imom-xatiblar va otinoyilar bilan amaliy uchrashuv Buxoroda imom-xatiblar va otinoyilar bilan amaliy uchrashuv Buxoroda imom-xatiblar va otinoyilar bilan amaliy uchrashuv Buxoroda imom-xatiblar va otinoyilar bilan amaliy uchrashuv Buxoroda imom-xatiblar va otinoyilar bilan amaliy uchrashuv Buxoroda imom-xatiblar va otinoyilar bilan amaliy uchrashuv Buxoroda imom-xatiblar va otinoyilar bilan amaliy uchrashuv Buxoroda imom-xatiblar va otinoyilar bilan amaliy uchrashuv Buxoroda imom-xatiblar va otinoyilar bilan amaliy uchrashuv Buxoroda imom-xatiblar va otinoyilar bilan amaliy uchrashuv Buxoroda imom-xatiblar va otinoyilar bilan amaliy uchrashuv Buxoroda imom-xatiblar va otinoyilar bilan amaliy uchrashuv Buxoroda imom-xatiblar va otinoyilar bilan amaliy uchrashuv Buxoroda imom-xatiblar va otinoyilar bilan amaliy uchrashuv Buxoroda imom-xatiblar va otinoyilar bilan amaliy uchrashuv