Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Noyabr, 2025   |   26 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:51
Quyosh
07:13
Peshin
12:13
Asr
15:21
Shom
17:06
Xufton
18:22
Bismillah
17 Noyabr, 2025, 26 Jumadul avval, 1447

BMT maxsus ma'ruzachisi: O'zbekistonning “Mehr” operatsiyalari boshqa davlatlarga munosib o'rnak

07.12.2021   991   4 min.
BMT maxsus ma'ruzachisi: O'zbekistonning “Mehr” operatsiyalari boshqa davlatlarga munosib o'rnak

Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini rag'batlantirish va himoya qilish masalalari bo'yicha maxsus ma'ruzachisi Fionnuala Ni Aolayn bilan uchrashdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

Milliy markaz matbuot xizmatiga ko'ra, muloqot chog'ida suhbatdosh tashkilot faoliyati bilan tanishtirildi.

Kelgusi besh yilda Milliy markazning BMT Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari boshqarmasi va uning Markaziy Osiyo mintaqaviy bo'linmasi bilan hamkorlik munosabatlari yuksak bosqichga ko'tarildi. Bunday izchil hamkorlik o'zining ulkan natijalarini bermoqda.

Hususan, O'zbekiston BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi a'zoligiga saylandi. O'zbekistonning Jeneva shahridagi BMT bo'linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashi raisi o'rinbosarligiga saylandi.

Shu ma'noda BMT Terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini rag'batlantirish va himoya qilish masalalari bo'yicha maxsus ma'ruzachisining O'zbekistonga tashrifi doirasidagi ushbu uchrashuv amaliy aloqalarning mantiqiy va izchil davomi hisoblanadi. Milliy markaz inson huquqlarini rag'batlantirish va himoya qilish sohasidagi keng ko'lamli hamkorlikdan hamisha manfaatdordir.

O'z navbatida, Fionnuala Ni Aolayn o'zaro hamkorlik munosabatlari so'nggi bir yildan ortiq vaqt davomida tubdan kuchayganidan mamnunligini bildirdi. O'zbekiston delegatsiyasi 2021 yil iyul' oyida bo'lib o'tgan BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashi 47-sessiyasi, shuningdek, “Mojaroli hududlardan olib chiqilgan ayollar va bolalarni reabilitatsiya hamda reintegratsiya qilish” mavzusidagi seminar ishida faol ishtirok etganiga yuqori baho berdi.

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig'iga binoan bugungi kungacha o'tkazilgan “Mehr -1, 2, 3, 4, 5” operatsiyalari doirasida Suriya, Iroq va Afg'onistonda og'ir ahvolga tushib, chorasiz qolgan besh yuz nafar ayol va bola O'zbekistonga olib kelindi.

O'zbekistonning ushbu insonparvarlik harakati inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi asosiy xalqaro hujjatlar, shuningdek, xalqaro gumanitar huquq tamoyillariga muvofiq ravishda amalga oshirildi. Eng asosiysi, BMT Maxsus ma'ruzachisi ta'kidlaganidek, qurolli mojarolar davom etayotgan hududlarga borib qolgan ayollar va bolalarni o'z Vataniga qaytarish, himoya ostiga olish hamda jamiyatga moslashtirish ishlari avvalo milliy darajada hal etilishi juda muhim.

Fionnuala Ni Aolaynning fikricha, bugungi kunda ko'pgina davlatlar o'z fuqarolarini mojaroli hududlardan olib chiqish bilan shug'ullanishni istamayapti. Shu nuqtai nazardan, O'zbekistonning bu boradagi milliy tajribasi o'rnak olishga munosibdir.

Muloqot chog'ida terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi. Bunda O'zbekistonning terrorizm va zo'ravonlik ekstremizmiga qarshi kurashish sohasida xalqaro, mintaqaviy va ikki tomonlama darajada milliy salohiyati shakllangani hamda mustahkamlanganiga e'tibor qaratildi.

O'zbekiston – xalqaro terrorizmga qarshi kurashning faol ishtirokchilaridan biri. Mamlakatimiz BMTning Global aksilterror strategiyasini qo'llab-quvvatlagan, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish bo'yicha 14 ta xalqaro konventsiya hamda protokolni ratifikatsiya qilgan. Bundan tashqari, bu borada bir qancha milliy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan.

BMT Maxsus ma'ruzachisi O'zbekistonning qonun ijodkorligi va xalqaro hujjatlar qabul qilishda tashabbuskorlik ko'rsatish sohalarida etakchi ekanini e'tirof etgan holda, ana shu yuksak salohiyatdan “terrorizm” tushunchasiga ta'rif berishda amaliy foydalanish taklifini ilgari surdi. Binobarin, terrorizmga qarshi kurash to'g'risidagi asosiy konventsiyalar va BMT Havfsizlik Kengashi, Bosh Assambleya hamda Inson huquqlari bo'yicha kengashning tegishli rezolyutsiyalarida ushbu atamaga aniq izoh berilmagan.

Shuningdek, tomonlar inson huquqlarini rag'batlantirish va himoya qilish sohasidagi hamkorlik istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar. Terrorizmning oldini olish, terrorizmga qarshi kurashish sharoitida inson huquqlariga amal qilish, terrorizm jabrdiydalari va terrorizmda ayblangan mahkumlar huquqlarini ta'minlash kabi masalalar yuzasidan o'zaro fikr almashildi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Finlandiyalik din peshvolari bilan hamkorlik yangi bosqichda

15.11.2025   4634   1 min.
Finlandiyalik din peshvolari bilan hamkorlik yangi bosqichda

 Kecha, 14 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Finlandiya musulmonlari jamiyati imomi Ramil hazrat Belyayev boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildilar. 

Fin yurtining din peshvolari ayni kunlarda mamlakatimizda keng nishonlanayotgan 16 noyabr – "Xalqaro bag‘rikenglik kuni" munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etmoqdalar.

Muloqotda O‘zbekiston va Finlandiya o‘rtasidagi hamkorlik yildan-yilga rivojlanib borayotgani, o‘tgan oyda Finlyandiya Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yangi bosqichga ko‘targani, ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim, ilm-fan, madaniyat, turizm sohalarida hamkorlik rivojlanib borayotgani, xususan, o‘tgan yili O‘zbekiston musulmonlari idorasi delegatsiyacining Finlandiyaga safari juda ham samarali kechganiga urg‘u berildi.  

Finlandiya delegatsiyasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan diniy-ma’rifiy islohotlar, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik borasidagi ishlarni yuqori baholab, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi. 

Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, tomonlar esdalik sovg‘alari almashdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Finlandiyalik din peshvolari bilan hamkorlik yangi bosqichda Finlandiyalik din peshvolari bilan hamkorlik yangi bosqichda Finlandiyalik din peshvolari bilan hamkorlik yangi bosqichda Finlandiyalik din peshvolari bilan hamkorlik yangi bosqichda Finlandiyalik din peshvolari bilan hamkorlik yangi bosqichda Finlandiyalik din peshvolari bilan hamkorlik yangi bosqichda