Global halol iqtisodiyot etti trillion dollarga etdi. Islam.ru xabariga ko'ra, bu haqda Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oqtay Istanbulda o'tkazilgan halol dunyo sammitida ma'lum qildi. U turli dindagi odamlar halol tovarlar va xizmatlarga faol qiziqish ko'rsatayotganini ta'kidladi, chunki ular mahsulot sifati bilan qiziqishmoqda. Sanoat dastlab Malayziya va Indoneziya paydo bo'lsa-da, ayni paytda halol mahsulotlar ishlab chiqarish yirik mamlakatlar, Braziliya, Avstraliya, Frantsiya, Germaniya va Yangi Zelandiya bor.
Istanbulda boshlangan sammitda 60 dan ortiq mamlakatdan 20 ga yaqin nufuzli ma'ruzachilar, shuningdek, oziq-ovqat sanoati korxonalari, dori-darmon, kosmetika, maishiy kimyo, to'qimachilik va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi 400 mamlakatdan 35 kompaniya vakillari ishtirok etmoqda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
#xabar #muftiy #juma
Bugun, 18 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari juma namozini Toshkent shahridagi "Yakkasaroy" jome masjidida ado qildilar.
Muftiy hazratlari jamoat namozidan oldin yig‘ilganlarga “O‘zganing haqqidan hazar qilaylik!” mavzusida manfaatli suhbat qilib berdilar.
Mav’izada bugungi kunda birovning molini noto‘g‘ri yo‘l bilan yeyish va o‘zganing xaqqiga xiyonat qilishdek og‘ir gunohlar, jumladan, qarzini qaytarmaslik, tarozidan urish, mualliflik huquqini poymol qilish, poraxo‘rlik, qimorbozlik, firibgarlik kabi illatlardan hazar qilish lozimligini qat’iy ta’kidladilar.
Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qur’oni karimdagi: “Ey, imon keltirganlar! Mol-mulklaringizni o‘rtada nohaq (yo‘llar) bilan yemangiz!...” (Niso surasi, 29) oyatini sharhlash asnosida Alloh taolo insoniyatni Yer yuzida halol rizq talab qilishga amr etgani, uning aksi bo‘lmish haromdan hazar qilishga buyurgani hamda halol va harom narsalarni ochiq bayon qilganini aytib o‘tdilar.
Suhbat yakunida Haq taolodan elu yurtimiz tinchlik-farovonligi va halol-pok molu davlat topish, nohaq-botil yo‘llar orqali keladigan mollardan asrashini so‘rab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati