Bugun, 29 noyabr' kuni O'zbekiston xalqaro islom akademiyasida Respublikamizda faoliyat olib borayotgan Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar hamda tuman va shahar bosh imom-xatiblari uchun tashkil etilgan malaka oshirish o'quvlarining boshlanishi munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.
Marosimda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi birinchi o'rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Prezident adminstratsiyasi mas'ul xodimi Jasur Najmiddinov, Din ishlari bo'yicha qo'mita bo'lim boshliqlari Bobomurod Rustamov va Muhiddin Hakimov, shuningdek, malaka oshirish o'quvi tinglovchilari qatnashdi.
Tadbir Qur'oni karim tilovati va xayrli duolar bilan boshlandi. So'ngra so'zga chiqqan notiqlar “Yangi O'zbekistonda diniy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar: muammo va echimlar” yo'nalishidagi malaka oshirish o'quvlarini mazmun-mohiyati haqida ma'lumot berishdi.
Ma'lumot uchun, shu yil 29 noyabrdan boshlab O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida malaka oshirish o'quvining birinchi bosqichida 100 nafar bosh imom-xatib bilim va malakasini oshiradi.
















O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
#musobaqa #hifz #tilovot
Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Qur’on musobaqasi – 2026” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni muassasa mudiri O‘.G‘uzarov ochib, ishtirokchilarga omad tiladi. Musobaqa shartlari bilan o‘qituvchi Akbarxon domla Asqarov tanishtirdi.
Qorilar chiqishlarini malakali hakamlar baholab bordi.
Yakuniy natijalar quyidagicha bo‘ldi:
Hifz yo‘nalishi:
1-o‘rin Axmedov Yahyoxon (4-kurs)
2-o‘rin Dulabov Mahmud (1-kurs)
3-o‘rin Sherqulov Anvar (3-kurs)
Tarannum yo‘nalishi:
1-o‘rin Sayfullayev Fazliddin (4-kurs)
2-o‘rin Tojidinov Husanaliy (1-kurs)
3-o‘rin Xabibullayev Nasrullo (3-kurs)
G‘oliblar va ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar hamda diplomlar bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati