Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Fevral, 2026   |   17 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:10
Quyosh
07:30
Peshin
12:42
Asr
16:02
Shom
17:48
Xufton
19:02
Bismillah
05 Fevral, 2026, 17 Sha`bon, 1447

Dinda savolim bor: Tuhmat qilganga qanday gunohlar yoziladi?

29.11.2021   3055   1 min.
Dinda savolim bor: Tuhmat qilganga qanday gunohlar yoziladi?

— Menga, farzandimga nohaq tuhmat qilishdi. Tuhmat haqida dinimizda nima deyilgan? Tuhmat qilganga qanday gunohlar yoziladi?

— Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Kim bir odamni ayblab, unda yo'q narsani aytgan bo'lsa, Alloh taolo uni aytgan narsasidan xalos bo'lguncha jahannam olovida kuydirib turadi”, dedilar (Imom Tabaroniy rivoyati).

Boshqa bir rivoyatda esa “Qandoq qilib ham xalos bo'lar edi”, deyilgan.

Tuhmatni gunohi ulkandir. Siz Alloh va vijdoningiz oldida to'g'ri bo'lsangiz, hech xavotirlanmang. O'sha tuhmat qilganlar siz rozi bo'lmaguningizcha bu haqdan qutula olishmaydi. Shuning uchun, siz Allohni huzuridagi ajrlardan umidvorlikda davomli bo'ling. Vallohu a'lam!

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Nikohsiz tug‘ilgan qiz otasidan meros oladimi ?

05.02.2026   58   1 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Abu Hurayra, faroiz (meros) ilmini o‘rganinglar va odamlarga o‘rgatinglar. Chunki u ilmning yarmidir. U eng birinchi unutiladigan ilmdir. Ummatim orasidan eng birinchi ko‘tariladigan ilm ham shudir".


Saidjamol domla MASAYITOV,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamosi.

Videolavhalar