O'zbekiston musulmonlari idorasi ko'rsatmasi asosida viloyat vakilligi qoshida tuzilgan eng tajribali imom-xatiblardan iborat targ'ibot guruhi tomonidan bugun To'raqo'rg'on tumanidagi 10 ta jome masjidda hamda masjid hududidagi 10 ta mahalla fuqarolar yig'inida targ'ibot-tashviqot tadbirlari olib borildi.
Shuningdek ulamolar tomonidan hududdagi ijtimoiy ko'makka mansub oilalar xonadoniga ham tashrif buyurib, muloqotlar o'tkazildi.






O'zbekiston musulmonlari idorasining
Namangan viloyat vakilligi
Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kutubxonasi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi huzuridagi Respublika axborot-kutubxona markazi hamkorligida mutaxassislar uchun “Elektron kutubxona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va foydalanish asoslari” mavzusida onlayn o‘quv kurslari tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotlar davomida elektron kataloglar bilan ishlash, kutubxona fondlarini raqamlashtirish, noyob va qimmatli manabalarni saqlash, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda milliy va xorijiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalar berildi.
Shuningdek, sohada qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlar hamda qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar bo‘yicha ishtirokchilar batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
O‘quv kurslari yakunida Respublika axborot-kutubxona markazi direktori Asqar Gaziyev tomonidan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
Mazkur tadbir axborot-resurs markazlari faoliyati samaradorligini oshirish va zamonaviy elektron kutubxona xizmatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
O‘MI Kutubxona bo‘limi