— Oyog'imga protez qo'yilgan. Tahorat qilganimda oyog'im og'riydi. Qishda maxsi kiyib, tayammum qilardim. Yoz kunlarida maxsi kiyolmayman, shunda 5 mahal tahorat qilishga to'g'ri kelsa, oyog'imni yuvishim shart-mi?
— Avvalo protez qismining ustini yuvish shart bo'lmaydi. Agar protez oyoqni tahoratda yuvish farz bo'lgan qismida bo'lsa, oyoq yuvish soqit bo'ladi. Agar oyoqning yuvish farz bo'lgan qismida bo'lmasa, yuvasiz. Imkon bo'lsa, yuviladi, agar yuvish shar'an mumkin bo'lmasa, yuvmasdan mash tortiladi.
Muhammad Ayyub HOMIDOV
#Xushxabar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi kengashi qaroriga ko‘ra, Toshkent shahridagi Novza jome masjidi imom-xatibi Jaloliddin domla Hamroqulov «Ijtimoiy-ma’naviy tarbiya nazariyasi» ixtisosligi bo‘yicha faxriy professor ilmiy unvoni bilan taqdirlandi.
Ustozning dinimiz sof ta’limotini targ‘ib etish, yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash hamda ilmiy-ma’rifiy faoliyatdagi ko‘p yillik xizmatlari yuksak e’tirof etildi.
Alloh taolo Jaloliddin domlaga ushbu unvonni muborak aylab, ilmiy va ma’rifiy ishlarida baraka, sog‘lik va muvaffaqiyat ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati