Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Mart, 2026   |   14 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:37
Quyosh
06:55
Peshin
12:40
Asr
16:31
Shom
18:20
Xufton
19:31
Bismillah
03 Mart, 2026, 14 Ramazon, 1447

Najot topadigan, Alloh tezda rahm qiladigan, haqiqiy mo'minlarning alomatlari

22.11.2021   3622   4 min.
Najot topadigan, Alloh tezda rahm qiladigan, haqiqiy mo'minlarning alomatlari

Mo'minlik inson uchun eng katta sharaf. Agar inson bu dunyoda mo'min degan nom olsa, mo'minga xos yashasa, dunyodan o'tganida mo'min degan nom bilan ketsa, demak, umri behudaga o'tmabdi. Agar, ushbu mo'minligini Alloh taolo etirof qilgan bo'lsa, Alloh mo'minlarga xoslagan sifatlar ila ziynatlangan bo'lsa, oxiratdagi maqomi ham baland bo'ladi. Jahannamdan, azob va malomatdan najot topadi. Alloh taolo unga rahm qiladi va oliy maqomlar bilan siylaydi. Ho'sh, buning uchun qanday hislatlarga ega bo'lish kerak? Robbimiz ta'riflagan haqiqiy mo'minlarning sifatlari qanday bo'lishi kerak? Bu savollarning javobi ham ilohiy Kalomda bayon qilingandir. Robbimiz aytadi:

“Mo'minlar najot topdilar. Ular namozlarida kamtardirlar. Ular behuda (so'z va ishlar)dan yuz o'giruvchidirlar. Ular zakotni ado etuvchidirlar. Ular avratlarini (haromdan) saqlovchi kishilardir. Illo, o'z jufti halollari va qo'l ostidagilar (cho'rilar) bundan mustasnodir. Bas, albatta, ular malomat qilinuvchi emaslar. Bas, kimki shundan o'zgani (harom qilingan narsalarni) istasa, bas, ana o'shalar haddan oshuvchilardir. Ular (mo'minlar) (odamlarning bergan) omonatlariga va (o'zaro) ahdlariga rioya etuvchi zotlardir. Ular namozlarini asraguvchi (vaqtida ado etuvchi)lardir. Aynan o'shalar, merosxo'rlardir, Firdavs (jannati)ga voris bo'lishib, u erda ular mangu qoluvchidirlar”.(Mo'minun surasi 1-11-oyatlar)

“Mo'min erkaklar va mo'mina ayollar bir-birlariga do'stdirlar. Ular yaxshilikka buyururlar, yomonlikdan qaytarurlar, namozni to'kis ado eturlar, zakotni berurlar hamda Allohga va Uning Rasuliga itoat qilurlar. Ana o'shalarga Alloh tezda rahm qilur. Albatta, Alloh g'olib va hikmatli Zotdir”.  (Tavba surasi 71-oyat)

“Albatta, Alloh (nomi) zikr qilinganida qalblariga qo'rqinch tushadigan, Uning oyatlari tilovat qilinganda iymonlari ziyoda bo'ladigan va Parvardigorlarigagina suyanadigan kishilar (haqiqiy) mo'mindirlar. Ular namozni to'kis ado etadilar va Biz ularni bahramand qilgan narsalardan infoq-ehson qiladilar. Ana o'shalar haqiqiy mo'minlar bo'lib, ular uchun Parvardigorlari huzurida (ya'ni, jannatda, yuksak) darajalar, mag'firat va ulug' rizq bordir”.(Anfol surasi 2-3-4-oyatlar)

Hulosa: demak, Alloh ta'riflagan mo'minlar:

  • Namozini xushu' va xuzu' bilan ado qiladi.
  • Dunyo va oxirati uchun foyda bermaydigan gap so'zlardan, amallardan yuz o'giradi.
  • Zakotini ado qiladi.
  • Avratlarini nomahramlardan saqlaydi.
  • Zimmalariga yuklatilgan omonatlarga xiyonat qilmaydi.
  • Va'dasiga, ahdiga vafo qiladi.
  • Namozini besabab qazo qilmaydi. O'z vaqtida ado etadi.
  • Yaxshi, xayrli amallarni bajarishga boshqalarni ham targ'ib qiladi.
  • Gunoh va yomon amallarni qilishdan boshqalarni ham qaytaradi.
  • Alloh taolo va Rosululloh s.a.v.ning buyruqlariga so'zsiz itoat qiladi.
  • “Allohdan qo'rq”, deyilganda qalbida qo'rquv paydo bo'ladi. Robbisining ulug'ligini, qudratini va shiddatli azobini his qiladi.
  • Qur'on o'qilganda undagi va'dalar, mukofotlar, bashorat va qaytariqlarni his qilib, iymonining quvvati ziyoda bo'ladi. Hayrli amallarga rag'bati kuchayadi.
  • Allohgagina tavakkal qiladi.
  • O'ziga berilgan yaxshiliklardan boshqalarga ham infoq ehson qiladi.

Mana shu sifatlarga ega bo'lgan mo'minlar “Firdavs (jannati)ga voris bo'lishib, u erda ular mangu qoluvchidirlar”. “Ana o'shalarga Alloh tezda rahm qilur”. “Ular uchun Parvardigorlari huzurida (ya'ni, jannatda, yuksak) darajalar, mag'firat va ulug' rizq bordir”.

 

Olmazor tumanidagi “Mevazor” jome masjidi imom noibi:  Yorbek Islom

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muftiy hazrat Imom Termiziy nomidagi Islom instituti, madrasa va markaz faoliyati bilan tanishdilar

02.03.2026   4015   1 min.
Muftiy hazrat Imom Termiziy nomidagi Islom instituti, madrasa va markaz faoliyati bilan tanishdilar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Imom Termiziy nomidagi islom instituti va ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi


Shu yil 27 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Imom Termiziy nomidagi islom instituti, “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi hamda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida bo‘ldilar.


Tanishuv asnosida Muftiy hazratlari yangi barpo etilayotgan institut va madrasa binolarining qurilish jarayoni, zamonaviy o‘quv xonalari, ma’ruza zallari, kutubxona, yotoqxona va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishga mo‘ljallangan maskan loyihasi bilan tanishdi.


Qurilish ishlari ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga barpo etilayotgan inshootlarda puxtalik, zamonaviylik va qulaylik tamoyillariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

“Imom Termiziy” ta’lim muassasasi 
Matbuot xizmati

Muftiy hazrat Imom Termiziy nomidagi Islom instituti, madrasa va markaz faoliyati bilan tanishdilar Muftiy hazrat Imom Termiziy nomidagi Islom instituti, madrasa va markaz faoliyati bilan tanishdilar
O'zbekiston yangiliklari