Mo'minlik inson uchun eng katta sharaf. Agar inson bu dunyoda mo'min degan nom olsa, mo'minga xos yashasa, dunyodan o'tganida mo'min degan nom bilan ketsa, demak, umri behudaga o'tmabdi. Agar, ushbu mo'minligini Alloh taolo etirof qilgan bo'lsa, Alloh mo'minlarga xoslagan sifatlar ila ziynatlangan bo'lsa, oxiratdagi maqomi ham baland bo'ladi. Jahannamdan, azob va malomatdan najot topadi. Alloh taolo unga rahm qiladi va oliy maqomlar bilan siylaydi. Ho'sh, buning uchun qanday hislatlarga ega bo'lish kerak? Robbimiz ta'riflagan haqiqiy mo'minlarning sifatlari qanday bo'lishi kerak? Bu savollarning javobi ham ilohiy Kalomda bayon qilingandir. Robbimiz aytadi:
“Mo'minlar najot topdilar. Ular namozlarida kamtardirlar. Ular behuda (so'z va ishlar)dan yuz o'giruvchidirlar. Ular zakotni ado etuvchidirlar. Ular avratlarini (haromdan) saqlovchi kishilardir. Illo, o'z jufti halollari va qo'l ostidagilar (cho'rilar) bundan mustasnodir. Bas, albatta, ular malomat qilinuvchi emaslar. Bas, kimki shundan o'zgani (harom qilingan narsalarni) istasa, bas, ana o'shalar haddan oshuvchilardir. Ular (mo'minlar) (odamlarning bergan) omonatlariga va (o'zaro) ahdlariga rioya etuvchi zotlardir. Ular namozlarini asraguvchi (vaqtida ado etuvchi)lardir. Aynan o'shalar, merosxo'rlardir, Firdavs (jannati)ga voris bo'lishib, u erda ular mangu qoluvchidirlar”.(Mo'minun surasi 1-11-oyatlar)
“Mo'min erkaklar va mo'mina ayollar bir-birlariga do'stdirlar. Ular yaxshilikka buyururlar, yomonlikdan qaytarurlar, namozni to'kis ado eturlar, zakotni berurlar hamda Allohga va Uning Rasuliga itoat qilurlar. Ana o'shalarga Alloh tezda rahm qilur. Albatta, Alloh g'olib va hikmatli Zotdir”. (Tavba surasi 71-oyat)
“Albatta, Alloh (nomi) zikr qilinganida qalblariga qo'rqinch tushadigan, Uning oyatlari tilovat qilinganda iymonlari ziyoda bo'ladigan va Parvardigorlarigagina suyanadigan kishilar (haqiqiy) mo'mindirlar. Ular namozni to'kis ado etadilar va Biz ularni bahramand qilgan narsalardan infoq-ehson qiladilar. Ana o'shalar haqiqiy mo'minlar bo'lib, ular uchun Parvardigorlari huzurida (ya'ni, jannatda, yuksak) darajalar, mag'firat va ulug' rizq bordir”.(Anfol surasi 2-3-4-oyatlar)
Hulosa: demak, Alloh ta'riflagan mo'minlar:
Mana shu sifatlarga ega bo'lgan mo'minlar “Firdavs (jannati)ga voris bo'lishib, u erda ular mangu qoluvchidirlar”. “Ana o'shalarga Alloh tezda rahm qilur”. “Ular uchun Parvardigorlari huzurida (ya'ni, jannatda, yuksak) darajalar, mag'firat va ulug' rizq bordir”.
Olmazor tumanidagi “Mevazor” jome masjidi imom noibi: Yorbek Islom
Yaqin Sharq mintaqasida yuzaga kelgan vaziyatning keskinlashuvi hamda havo makonidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlar sababli qator aviaqatnovlar bekor qilinmoqda.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan fuqarolarga ushbu hududdagi davlatlarga safar uyushtirmaslik, ayni paytda, o‘sha yerlarda bo‘lib turgan vatandoshlarimizga esa ehtiyotkorlik choralarini kuchaytirish yuzasidan zarur tavsiyalar berilmoqda.
Mazkur vaziyatni inobatga olgan holda, fuqarolarimiz xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda turoperatorlar tomonidan tashkil etilayotgan umra safarlari vaqtincha kechiktiriladi.
Jumladan, 2026 yil 2 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan rejalashtirilgan Toshkent–Jidda yo‘nalishidagi navbatdagi umra ziyoratchilari reysi ham ma’lum muddatga qoldirilishini ma’lum qilamiz.
Aviaqatnovlar qayta tiklanishi haqida rasmiy manbalar orqali qo‘shimcha axborot beriladi.
Yurtdoshlarimizdan ushbu holatni to‘g‘ri qabul qilishlarini va rasmiy ma’lumotlarga tayanib ish yuritishlarini so‘raymiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati