Bismillahir Rohmanir Rohiym
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Greenleaf kompaniyasi faoliyati go‘yoki O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan halol deb topilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Mazkur "fatvo" O‘zbekiston musulmonlari idorasiga tegishli ekani haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. U bir masjid imom-noibi tomonidan chuqur o‘rganilmasdan berilgan shaxsiy xulosadan iborat. Hujjatdagi muhr ushbu imom-noibi faoliyat yuritadigan masjidga tegishli bo‘lib, O‘zbekiston musulmonlari idorasiniki emas.
Yurtdoshlarimizdan bunday asossiz ma’lumotlarga ishonmaslikni, diniy masalalarda faqat O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy manbalarida e’lon qilingan xabarlarga tayanishlarini so‘raymiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.