Ўзбекистон янгиликлари

Hamkorlik rivojida yangi bosqich

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiya Indoneziyada bo‘lib turishibdi.

Akademiya vakillarining navbatdagi uchrashuvi Indoneziya Din ishlari vaziri o‘rinbosari S.Dasuki bilan bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘nggi yillarda O‘zbekistonda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, ayniqsa, diniy-ma’rifiy sohani qo‘llab-quvvatlash, islom ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalarimiz ilmiy merosini o‘rganishga katta e’tibor qaratilayotgani haqida batafsil ma’lumot berildi.

 

https://t.me/m_m_komilov/9217 

Read 480 times

Янгиликлар

Top