Ўзбекистон янгиликлари

Akademiya va “Vaqf” xayriya jamoat fondi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruvi rahbari Isoxon Abdullayev ishtirok etdilar.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari haqida so‘z yuritildi.

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, “Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil etilgan edi.

O‘tgan yillar davomida “Vaqf” xayriya jamoat fondi ko‘plab xayr va saxovat tadbirlarini amalga oshirdi. Fond o‘z oldiga diniy ta’lim muassasalari, tolibi ilmlar, ustozlar, imom-xatiblar, noib-imomlar, masjidda ishlaydigan xodimlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami, nogironligi bo‘lganlar yoki kam ta’minlangan kishilarga yordam berish, masjid, madrasalarni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va diniy-ma’rifiy kitoblarni chop etish, ota-bobolarimiz qoldirgan meroslarni xalqqa yetkazish kabilarni maqsad qilgan.

Read 549 times

Янгиликлар

Top