Ўзбекистон янгиликлари

TOSHKENT SHAHRIDA IMOM-XATIBLAR UCHUN TAJVID DARSLARI DAVOM ETMOQDA

Bugun 16.11.2023 sanada O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Qur’on va tajvidni o’rgatish” bo’limi mudiri Shayx Alijon qori boshchiligida imom-xatiblar uchun navbatdagi tajvid darsi bo’lib o’tdi.

“Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” majmuasida bo’lib o’tgan tajvid darsida Toshkent shahar va Toshkent viloyati imom-xatiblari oflayn tarzda qatnashdilar. Shuningdek, boshqa viloyatlardagi imom-xatiblar uchun tashkil qilingan onlayn darslari ham “Qur’on va tajvidni o’rgatish” bo’limi xodimlari tarafidan nazorat qilib borildi.

Imom-xatiblar o’n qiroat sohibi Shayx Alijon qori boshchiligidagi ustozlarga arab harflarining maxrajlarini o’qib berib, tajvid borasidagi malakalarini oshirib bormoqdalar.

Eslatib o’tamiz, darslar “ALQURAN MASS MEDIA” MCHJ tomonidan nashrga tayyorlangan “Muallimi soniy” kitobi (DIQning 29.12.2022 yil, 9818-sonli xati bilan ruxsat etilgan) asosida ishlab chiqilgan va O’MI tomonidan tasdiqlangan dasturga muvofiq olib borilmoqda.

823 марта ўқилди

Янгиликлар

Top