Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Aprel, 2026   |   16 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:39
Quyosh
06:00
Peshin
12:31
Asr
16:59
Shom
18:56
Xufton
20:11
Bismillah
05 Aprel, 2026, 16 Shavvol, 1447

Mavlid oyi – Payg'ambarimiz alayhissalom haqlarida yanada ko'proq bilishga qulay fursat

11.10.2021   1932   4 min.
Mavlid oyi – Payg'ambarimiz alayhissalom haqlarida yanada ko'proq bilishga qulay fursat

Imom Termiziy rahimahulloh o'z “Sunan”larida Oisha roziyallohu anhodan rivoyat keltiradilar: Payg'ambar alayhissalomni (sahobalar dushmanlardan) qo'riqlashar edi, Alloh taolo: “Ey, Rasul! Rabbingizdan Sizga nozil qilingan narsa (oyatlar)ni (odamlarga) etkazing! Agar (buni) qilmasangiz, Uning risolasi (topshirig'i)ni etkazmagan bo'lursiz. Alloh Sizni odamlar (zarari)dan saqlagay. Albatta, Alloh kofirlar qavmini hidoyat sari yo'llamagay” (Moida surasi, 67-oyat)ni nozil qilganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshlarini chodirdan chiqarib: “Sizlar ketaveringlar, Alloh taoloning O'zi meni himoyalaydigan bo'ldi”, dedilar.

Imom Ibn Kasir rahimahulloh ushbu oyatning tafsirida aytadilar: "Bu oyatning mazmuni quyidagicha: "Ey, Muhammad! Siz mening risolatimni odamlarga etkazing, Men sizni himoya qilib turaman, dushmanlaringiz ustidan g'olib kelishingiz uchun sizni qo'llab-quvvatlab turaman, hech qo'rqmang va tashvish chekmang, sizga ulardan birortasining qo'li ham etmaydi, ozor ham etkaza olmaydi"".

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abu Jahl: "Muhammad sizlarni oldingizda yuzini erga ishqalaydimi?" deb so'radi. Unga: "Ha", deb javob berishdi. Shunda u: "Lot va Uzzo butlari haqqi hurmati qasam ichib aytaman, agar uni o'sha holatda turganini ko'rsam, bo'ynini oyog'im bilan bosaman, yuzini tuproqqa belayman", dedi. Abu Jahl kelganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namoz o'qiyotgan edilar. Muborak bo'yinlarini oyog'i bilan bosmoqchi bo'lganida birdan orqasiga tisarilib ketdi va ikki qo'li bilan o'zini nimadandir qo'riy boshladi. Bu holatni ko'rganlar undan: "Senga nima bo'ldi?" deb so'rashdi. Shunda u: "Men bilan uning oramizda olovli bir o'ra paydo bo'lib, undan qo'rqinchli qanot chiqdi", deb javob berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Agar u menga yaqinlashganida, farishtalar uni burda-burda qilib tashlar edilar" (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Allohning himoyasi ostida hamrohlari Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bilan Makkadan yashirincha chiqdilar va Savr g'origa etib kelib, mushriklarning ayg'oqchilari ko'zidan o'sha erga yashirindilar. Mushriklar ham jon-jahdlari bilan ikkovlonni axtarib Savr g'origa keldilar. G'orning og'ziga yaqin kelgan chog'larida Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu halok bo'ldik, deb o'yladilar va Rasulullohga: "Agar birortasi oyog'ining ostiga qarasa bizni ko'rib qoladi", dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloning va'dasiga qattiq ishongan holda: “Ey, Abu Bakr, uchinchilari Alloh bo'lgan ikki kishining holati qanday bo'ladi, deb o'ylaysiz?!" dedilar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

Uhud jangi kunida farishtalar Rasulullohning himoyalari uchun osmondan tushdilar. Mushriklar u zotning ustlariga yopirilib kelgan va sahobalar mag'lub bo'lib qochayotgan vaqtlari edi. Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu aytadilar: "Uhud kuni Rasulullohning o'ng va chap tomonlarida oppoq kiyinib olgan ikki kishini ko'rdim. Men ularni ilgari ko'rmagan edim, keyin ham ko'rmadim. Ya'ni, ular Jabroil va Mikoil farishtalar alayhumassalom edilar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

Homidjon domla Ishmatbekov,

O'zbekiston musulmonlari idorasi

raisining birinchi o'rinbosari.

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

04.04.2026   8978   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent islom instituti dots.nti va poytaxtimizdagi "Mulla Xolmirza ota" masjidi imom-xatibi Abdurasul domla Abdullayevning turmush o‘rtog‘i, Toshkent shahar Olmazor tumani otinoyisi Mavjuda hoji onaning vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.


Alloh taolo marhumani O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!


Haq taolo marhumaning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan marhumaning yaqinlariga, xususan, Abdurasul domla Abdullayevga hamdardlik bildiramiz.


Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda "Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz", degan sabrlilarga xushxabar bering».


Janoza namozi bugun, 4 aprel kuni Olmazor tumani "Do‘stjonboy" jome masjidida peshin namozidan so‘ng o‘qiladi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz

O'zbekiston yangiliklari