Bugun, 28 sentyabr' kuni Toshkent shahridan Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurgan yurtimizning taniqli ulamolari safarning ikkinchi kunida quyidagi masjidlarga borishi ko'zda tutilgan:
Yangiyer shahridagi “Muhammad Bobur” masjidiga (peshinga), Hovos tumanidagi
“Abu Hurayra” masjidiga (asrga) O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov;
Hovos tumanidagi “Ahmadxo'ja” masjidiga (peshinga) va “Umar ibn Hattob” masjidiga (asrga) O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining o'rinbosari Ibrohimjon domla Inomov;
Sayxunobod tumanidagi “Abduolim ota” masjidiga (peshinga) O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining maslahatchisi Salohiddin domla Sharipov;
Yangiyer shahridagi “Abduqahhor hoji” masjidiga (peshinga), Hovos tumanidagi “Abu Hanifa” masjidiga (asrga) O'zbekiston musulmonlari idorasi mas'ul xodimi Abror domla Muxtor Aliy;
Hovos tumanidagi “G'oyibota” masjidiga (peshinga) va Shirin shahridagi “Nurli yo'l” jomesiga (asrga) Toshkent shahar bosh imom-xatibi o'rinbosari Abduqahhor domla Yunusov;
Guliston shahridagi “Guliston” masjidiga (peshinga) va Boyovut tumanidagi “Abduxoliq G'ijduvoniy” masjidiga (asrga) Toshkent shahar Yunusobod tumani bosh imom-xatibi Rahmatulloh domla Sayfuddinov;
Guliston tumanidagi “Isoxonto'ra” masjidiga (peshinga) va tumandagi “Hazrati Umar” jomesiga (asrga) Toshkent shahar Olmazor tumani bosh imom-xatibi Abdulloh domla Yuldashev;
Guliston tumanidagi “Islomobod” masjidiga (peshinga) va tumandagi “Ko'nchi” masjidiga (asrga) Toshkent shahar “Ubay ibn Ka'b” masjidi imom-xatibi Abduhakim qori Matqulov;
Guliston tumanidagi “Usmon ota” masjidiga (peshinga) Toshkent shahridagi “Ho'ja Alambardor” masjidi imom-xatibi Rahimberdi domla Rahmonov;
Mirzaobod tumanidagi “Zomin” masjidiga (peshinga) va Hovos tumanidagi “Hazrat” masjidiga (asrga) Toshkent shahar “Hazrati imom” masjidi imom-xatibi Habibulloh domla Abdurazzaqov;
Hovos tumanidagi “Hizrobod” masjidiga (peshinga) va tumandagi “Husnobod” masjidiga (asrga) Toshkent shahar “Al-Hudaybiya” masjidi imom-xatibi Murodulla domla Hunazarov;
Guliston tumanidagi “Hojiobod” masjidiga (peshinga) va tumandagi “Halqobod” masjidiga (asrga) Toshkent shahar “Omina” masjidi imom-xatibi Yusufxon domla Muhiddinov;
Mirzaobod tumanidagi “Mahdumi A'zam” masjidiga (peshinga) va tumandagi “Oydin” masjidiga (asrga) Toshkent shahar “To'ra buva” masjidi imom-xatibi Shavkat domla Hamdamov;
Mirzaobod tumanidagi “Madaniyat” masjidiga (peshinga) va tumandagi “Abu Dardo” masjidiga (asrga) Toshkent shahar “Oqilon” masjidi imom-xatibi Sobirjon domla Rustamov;
Mirzaobod tumanidagi “Zangi ota” masjidiga (peshinga) va tumandagi “Mulla Botir” masjidiga (asrga) Toshkent shahar “Yakkasaroy” masjidi imom-xatibi Salohiddin domla Tashanov;
Qolaversa, ushbu muloqot va tadbirlarda diniy soha rahbarlari va mutasaddi vakillar ham ishtirok etishi reja qilingan.
Alloh taolo ulamolarimiz safarini xayrli va manfaatli qilsin!
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
BMT Bosh Assambleyasining qaroriga ko‘ra, 1997 yildan buyon 16 noyabr butun dunyoda “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Bu sana O‘zbekistonda ham yaxshi an’anaga aylangan. Zero, bag‘rikenglik xalqimizga xos ming yillik qadriyatimizga aylangan. U boshqa millat va din vakillariga nisbatan hurmat, xayrixohlik va muruvvat bilan munosabatda bo‘lish, insonning e’tiqodi, tili yoki irqiga qaramasdan, eng avvalo, uni insoniy qadr-qimmat bilan e’zozlash madaniyatidir.
Bugun – 10 noyabrdan boshlab “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” shiori ostida “Bag‘rikenglik haftaligi” tadbirlari boshlandi. Haftalikning dastlabki tadbiri mamlakatimiz Prezidenti g‘oyasi asosida ona Vatanimiz, mard va jasur, tinchliksevar va mehnatkash xalqimiz sharafiga bunyod etilgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Davron Maqsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, milliy madaniy markazlar, do‘stlik jamiyatlari faollari, diniy konfessiya vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda keng jamoatchilik ishtirok etgan “Bag‘rikenglik marshi”dan so‘ng monument poyiga gullar qo‘yildi.
Shundan keyin “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida turli millat va din vakillari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida daraxt ko‘chatlari ekish marosimi o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar yaxshi niyat bilan chinor ko‘chatlarini ekishdi.
Ta’kidlash joizki, joriy yilning 10–15 noyabr kunlari mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida barcha viloyatlar va Toshkent shahridagi nufuzli san’at saroylari, teatrlar, konsert zallari, tomosha maydonlari, xiyobonlar va bog‘larda turli madaniy-ma’rifiy hamda ilmiy-amaliy bayramona tadbirlar tashkil etiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati