Odam anatomiyasiga oid eng qadimiy qo'lyozmalardan biri Saudiya Arabistoni poytaxti Riyozdagi Podshoh Abdul Aziz xalq kutubxonasiga olib kelindi, deya xabar bermoqda Islam.ru.
XIV asrda yozilgan ushbu qo'lyozma “Odam tanasining anatomiyasi” deb ataladi, unda odamning ichki a'zolari haqida so'z yuritiladi va ushbu a'zolarning rasmlari ham keltirilgan. Asar muallifi – Mansur ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ilyos al-Kashmiriy.
Ushbu kitob musulmonlar ilm-fani tarixidagi eng muhim asarlardan biri hisoblanadi. U musulmonlarning odam anatomiyasi haqida bel'giyalik shifokor Andreas Vezaliy va italiyalik Leonardo da Vinchidan oldinroq ma'lumotlarga ega bo'lganini ko'rsatadi.
Muallif kitobda suyaklar, nervlar, venalar, arteriyalar, yuz, bugun, jigar va odam tanasining boshqa a'zolari haqida so'z yuritgan, tomirlarning faoliyatini batafsil tasvirlagan.
azon.uz
Bugun, 15 iyul kuni imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil qilish bo‘yicha Sirdaryo viloyati Xovos tumanida navbatdagi amaliy tadbir o‘tkazildi. Namunaviy-amaliy tadbir yig‘ilishi mazkur tumandagi "Xovos" jome masjidida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Habibulloh domla Zokirov yig‘ilishga boshchilik qildi. Shuningdek, vakillik xodimlari, tuman, shahar bosh imom-xatiblari hamda otinoyilar, mahallalardagi “Haj – 2025” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi.
Ishchi guruh a’zolari tomonidan hududdagi 20 ta mahalladagi 120 ta xonadon holidan xabar olindi. Jumladan, nogironligi bor xonadonlar, notinch oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qamrab olindi.
Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati