Sayt test holatida ishlamoqda!
16 May, 2026   |   28 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:28
Quyosh
05:04
Peshin
12:24
Asr
17:25
Shom
19:40
Xufton
21:08
Bismillah
16 May, 2026, 28 Zulqa`da, 1447
Maqolalar

Ramazonning 22 barakasi

19.04.2021   17983   8 min.
Ramazonning 22 barakasi

Islom dinida Ramazon oyi ulug' oylardan hisoblanadi. Unda ro'zador odamning uyqusi ham ibodat, namozini qoim qilish ham ibodatdir. Uning har bir amaliga ko'plab savoblar ziyoda qilinadi. Ramazon musulmon kishining duosi qabul bo'ladigan oydir. Ramazon oyi Alloh taoloning rahmat va barakalari yog'iladigan oydir. Ramazon mo'min va musulmonlar uchun baraka oyidir. Ularning adadini Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi. E'tiboringizga Alloh taolo qodir qilganicha ulardan 22 tasini keltirib o'tamiz:

1. Ramazonda Qur'onning barakasi:

Alloh taolo Qur'on karimning Baqara surasining 185-oyatida «Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat bo'lib va hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari bo'lib Qur'on nozil qilingan».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yaxshilikda insonlarning eng saxiysi edilar. Saxovatlarining avji Ramazonda Jabroil alayhissalom u Zot bilan uchrashgan kezlari bo'lar edi. Tasavvur qiling: Qur'oni karim tilovat qilinganda erga qanchadan qancha farisha tushadi. Alloh taoloning eng so'ngi kitobining shu oyda nozil bo'lishi ham bu oyning ulug' barakotli oy ekanligini bildiradi.

2. Ramazonda ro'zaning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ramazon ro'zasini iymon bilan, savob umidida tutsa, uning oldingi (o'tgan) gunohlari mag'firat qilinadi»,  dedilar . Imom Buxoriy rivoyat qilganlar.

Hadisi qudsiyda (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Rabbilari Alloh taolodan rivoyat qilganlar) Alloh taolo: «Odam bolasining hamma amali (savobi) ko'paytirib berilur. Bir yaxshilikka uning o'n mislidan to etti yuz barobarigacha. Magaram, ro'za unday emas. U Men uchundir. Uning mukofatini Men berurman. U (odam bolasi)shahvatini va taomini Men uchun tark qilur», –dedi. Imom Muslim rivoyat qilganlar.

3. Ramazondagi birinchi kechaning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qachon Ramazon oyining avvalgi kechasi bo'lsa, shaytonlar va o'zboshimcha jinlar kishanlanadi. Do'zah eshiklari yopiladi. Ulardan biron eshik ochilmas. Jannatning eshiklari ochilur. Ulardan biror eshik yopilmas. Har kecha bir nido qiluvchi: «Ey yaxshilikni istovchi, kelib qol! Ey  yomonlikni istovchi, bas qil», – deb nido qiladi», –  dedilar. Imom Termiziy rivoyat qilganlar.

4. Ramazon kechalarida qoim bo'lish va tahajjudningbarakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ramazonda iymon va ixlos bilan qoim bo'lsa, o'tgan gunohlari mag'firat qilinur», deganlar. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilganlar.

5. Ramazon oyida sadaqaning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Sadaqalarning eng yaxshisi Ramazon oyida qilingan sadaqadir», deganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu ishda o'z ummatlariga o'rnak bo'lar edilar. U Zot sollallohu alayhi vasallam  yaxshilikda insonlarning eng saxiysi edilar. Saxovatlarining eng avji Ramazonda bo'lar edi. U Zot Ramazonda esgan shamoldan ham saxovatli bo'lib ketar edilar.

6. Ramazonda iftorning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Modomiki, iftorga shoshilishar ekan, odamlar yaxshilikda bo'laveradilar», dedilar. Imom Buxoriy rivoyat qilganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh azza va jala: «Bandalarimning menga mahbubrog'i og'iz ochishni tezlatganlari» , deb aytdi»,  dedilar.

7. Iftorlik qilib berishning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ro'zador kishiga iftorlik qilib bersa, u kishiga ham ro'za tutganning ajridek savob beriladi.bu bilan ro'zadorning ajridan hech bir narsa kam bo'lmas»,  dedilar. Imom Termiziy rivoyat qilganlar.

Bu bilan u o'zi ro'za tutmasa bo'ladi degani emas. Chunki ro'za farz ibodat hisoblanadi. Bu hadis iftorlik qilib berishning qanchalik savobi ulug' ish ekanini bildirish uchun aytilgan.

8. Ramazonda iftorlik paytida qilinadigan duoning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizlarga iftorlik vaqtida: «Alloh nomi bilan, Allohim sen uchun ro'za tutdik. Sening rizqing bilan iftorlik qildik, bizlardan (ro'zamizni)qabul qilgin. Albatta, Sen o'zinggina eshituvchi, biluvchisan»,  demoqni vasiyat qildilar.

9. Ramazonda ijobat bo'ladigan duo barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ro'zador uchun iftorlik vaqtida rad qilinmaydigan duo bor», dedilar. Boshqa bir hadisda «Ro'zadorga ikki xursandlik bordir. Qachon iftor qilsa, xursand bo'ladi. Robbisiga yo'liqqan vaqtda (Ro'zasi) bilan xursand bo'ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyat qilganlar.

10. Ramazonda Laylatul qardning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Qadr kechasida iymon bilan, savob umidida qoim bo'lsa, o'tgan gunohlari mag'firat qilinadi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyat qilganlar.

Chunki Qadr kechasi ming oydan afzaldir. Shuning uchun ba'zi sahoba va tobeinlar Ramazonning oxirgi o'n kunligida g'usl qilib, o'zlariga xush bo'yliklar sepib yurishardi. Qadr kechasi shu o'n kun ichida bo'lgani uchun.

11. Ramazonda saharlikni barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Saharlik qilinglar, chunki saharlikda baraka bor», deganlar. Imom Buxoriy rivoyat qilganlar.

Yana boshqa bir hadisda: «Bizlarning ro'zamiz bilan ahli kitoblar ro'zasini orasini ajratib turadigan narsa saharda taomlanmoq»,  deganlar.

12. Ramazonda fitr sadaqasini barakasi: Ro'zador ramazon ro'zasini tutib bo'lgandan keyin ro'za davomida qilgan xato va kamchiliklarni to'ldirish uchun beradi. Fitr sadaqasi Iydi Fitrning tongi otishi bilan vojib bo'ladi. Undan oldin berish joizdir. 

13. Ramazon oyida umraning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ramazon oyida qilingan umra hajga tengdir», deganlar.

14. Ro'zadorning og'zidan keladigan hidning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, ro'zadorning og'zidagi hidi Allohning nazdida mushkning hididan xushbo'yroqdir»,  dedilar. Imom Muslim rivoyat qilganlar.

15. Ramazonda chiroyli xulq va odobli bo'lishning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz ro'za tutsa, fahsh hamda lag'v so'zlarni gapirmasin. Agar biror kishi so'ksa yoki urishsa, men ro'zadorman», desin», dedilar.

16. Ramazonda unutib taom iste'mol qilishning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ro'zadorligini unutib qo'yib esa yoki ichsa, ro'zasini davom ettiraversin. Chunki Alloh u kishini taomlantiribdi va serob qilibdi, xolos»,  dedilar. Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilganlar.

17. Ramazonda ro'zani ochib bo'lgandan keyin taomlanish va seroblanishning barakasi:

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: «Va to tongdan oq ip qora ipdan ajraladigan paytgacha eb-ichaveringlar» (Baqara surasi, 187-oyat).

18. Ramazonning  yoshi ulug'lar va homilador ayollarga barakasi:

Alloh taolo katta yoshdagi ro'za tuta olmaydigan kishilarni fidya berishga buyurgan. Alloh taolo Qur'on karimning Baqara surasi 184-oyatida:«(Keksalik yoki zaifligi sababli) ro'za tutishga qiynaladigan kishilar bir miskin-bechoraning bir kunlik taomi miqdorida evaz to'lashlari lozim», deb marhamat qilgan.

Homilador ayol bo'lsa tug'ub bo'lgandan so'ng ro'zasining qazosini tutib beradi.

19. Ramazonda jannatning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo ramazonnig xar kunida jannatini ziynatlaydi»,  deganlar.

Yana boshqa bir hadisda esa Jannatdagi bir eshik faqat ro'zadorlar uchun ekanligi aytilgan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jannatda bir eshik bor. U «Rayyon» deyiladi. Qiyomat kuni undan ro'zadorlar kirishadi, ulardan boshqa hech kim undan kirmaydi.«Ro'zadorlar qani?» deyiladi. Shunda ular turishadi. Ulardan boshqa hech kim undan kirmaydi. Ular kirgach, u berkitiladi. Keyin undan hech kim kirmaydi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyaat qilganlar.

20. Ramazonda istig'forning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ramazonda farishtalar ro'zadorlar iftorlik qilgunlaricha ularga istig'for aytadilar»,  dedilar.

21. Ramazonda xayrli ishlarning barakasi:

Imom Sufyon Savriy agar ramazon kelsa, hamma nafl ibodatlarni tark qilib, faqat Qur'on tilovat qilar edilar.

22. Barcha toatlarning jamlanishidagi baraka:

Ramazonda barcha toatlar jamlanadi. Misol: namoz, ro'za, kechqurun qoim bo'lish, Qur'onni xatm qilish, umra, iftorlik qilib berish, istig'for, tavba, qarindoshlardan xabar olish va boshqa ibodatlar.

Obid MIRHAMIDOV,

Chirchiq shahri bosh imom-xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Haj – nafaqat safar, balki insonni o‘zgartiruvchi maktab

15.05.2026   5081   5 min.
Haj – nafaqat safar, balki insonni o‘zgartiruvchi maktab

Insoniyat tarixida ayrim makonlar borki, ular faqat geografik nuqta emas, balki ruhiy tarbiya va ma’naviy uyg‘onish markazi hisoblanadi. Ana shunday muqaddas maskanlarning eng ulug‘i – Masjidul harom va uving qalbi bo‘lgan Ka’bai muazzamadir. Millionlab musulmonlar har yili turli millat, til va madaniyatdan qat’i nazar, bir maqsad – Alloh taoloning roziligiga erishish uchun ushbu muborak joyga yo‘l oladilar. Haj – Islomning beshinchi rukni bo‘lib, u oddiy sayohat yoki rasmiy marosim emas. Haj insonning qalbini poklaydigan, nafsini tarbiyalaydigan, uni yanada mas’uliyatli va taqvodor shaxsga aylantiradigan buyuk ibodatdir. Aslida, haqiqiy haj – insonning ichki dunyosini o‘zgartiruvchi hajdir.

Qur’oni karimda Alloh taolo shunday marhamat qiladi: «Albatta, odamlar (ibodati) uchun qurilgan birinchi uy Bakkada (Makkada) muborak va olamlar uchun hidoyat (manbai) bo‘lgan (Ka’ba)dir» (Oli Imron surasi, 96-oyat). Ushbu muborak oyat Ka’batullohning insoniyat tarixidagi yuksak o‘rnini ko‘rsatadi. U nafaqat musulmonlarning qiblasi, balki tavhid ramzi hamdir. Yer yuzida turli sivilizatsiyalar paydo bo‘lib, yo‘qolib ketgan bo‘lsa-da, Ka’ba asrlar davomida insoniyatni yagona Robbga ibodat qilishga chaqirib kelmoqda.

Tarixiy manbalarda Ka’baning bir necha bor qayta ta’mirlangani zikr qilinadi. Odam alayhissalomdan tortib, Ibrohim va Ismoil alayhissalomlargacha, hatto Quraysh qabilasi va Abdulloh ibn Zubayr roziyallohu anhular davrigacha uning qayta qurilgani haqida rivoyatlar keltirilgan. Bu holat Ka’baning insoniyat ongida nechog‘li muqaddas o‘rin tutishini anglatadi.

Ko‘pchilik hajni faqatgina farz amalini ado qilib qo‘yish deb tushunadi. Aslida esa haj – insonning axloqiy va ma’naviy kamolotini sinovdan o‘tkazadigan ulkan maktabdir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qilganlar: «Mabrur hajning mukofoti faqat jannatdir» (Muttafaqun alayh). Lekin har qanday haj ham «mabrur» (qabul bo‘lgan) bo‘lavermaydi. Ulamolar mabrur hajni — xolis niyat bilan, halol moldan, gunoh, riyo va xo‘jako‘rsinlikdan uzoq holda ado etilgan ibodat deb ta’riflaydilar. Demak, hajdan maqsad faqat Ka’bani ko‘rish yoki el qatori «hoji» degan nom olish emas. Balki insonning ichki dunyosi o‘zgarishi, gunohlardan chin dildan tavba qilishi va hayotini yangi, pok bosqichdan boshlashi muhimdir.

Bilishimiz kerak bo‘lgan eng muhim masalalardan biri — hajga ketishdan avval chin dunyodan tavba qilish va odamlar haqini ado etishdir. Zero, zimmasida qarzi yoki o‘zganing haqi bo‘lgan inson haj qilishdan avval ularni egalariga qaytarishi lozim. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu borada shunday deganlar: «Boy (qodir) kishining qarzini bermay paysalga solishi zulmdir» (Imom Buxoriy rivoyati). Afsuski, bugungi kunda ayrimlar hajni obro‘, tijorat yoki ijtimoiy maqom vositasiga aylantirib yubormoqda. Islom shariatida pora, tanish-bilishchilik yoki nohaq yo‘llar bilan hajga borish qattiq qoralanadi. Bunday yo‘llar ibodatning ruhiy mohiyatini butunlay yo‘qqa chiqaradi. Islomda ibodatning qabul bo‘lishi uchun uning tashqi dabdabasi emas, balki ixlos, taqvo va halollik asos qilib olinadi.

Haqiqiy hoji hajdan qaytgach, uning xulqida, oilaviy va ijtimoiy hayotida ijobiy o‘zgarishlar sezilishi kerak. Ulug‘ tobein Hasan Basriy rahmatullohi alayh aytadilar: «Mabrur haj — insonning hajdan dunyoga befarq (zohid), oxiratga esa rag‘batli holda qaytishidir». Agar inson tabarruk safardan qaytganidan keyin ham g‘iybat, takabburlik, manmanlik, tarozidan urish va nohaqlikni tark etmasa, u hajning haqiqiy mazmun-mohiyatini anglab yetmagan bo‘ladi. Haj musulmon kishiga sabrni, tartib-intizomni, kamtarlik va birodarlikni o‘rgatadi. Ehromga kirgan paytda boy bilan kambag‘al, rahbar bilan oddiy ishchi bir xil kiyimda, yonma-yon turadi. Bu esa insonlar o‘rtasidagi barcha sun’iy farqlarni yo‘qotib, Alloh huzuridagi haqiqiy tenglik g‘oyasini namoyon etadi.

Hazrati Umar roziyallohu anhu Hajarul asvadni o‘payotib, tarixga muhrlangan ushbu so‘zlarni aytgan edilar: «Sen faqat bir toshsan, na foyda va na zarar yetkaza olasan. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam seni o‘pganlarini ko‘rmaganimda, seni aslo o‘pmas edim». Bu teran fikr Islomda ibodatlar faqatgina sof aqida va sunnatga asoslanishini ko‘rsatadi. Musulmon kishi Hajarul asvadni qandaydir sehrli kuch deb emas, balki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga bo‘lgan cheksiz muhabbat va ehtirom ramzi sifatida ziyorat qiladi.

Haj — musulmon ummatining eng buyuk ma’naviy qurultoyidir. U insonni tashqi jihatdan emas, balki ichki olamini tubdan o‘zgartirish uchun farz qilingan. Haqiqiy haj insonni kamtar, halol, mas’uliyatli va taqvodor qiladi. Bugun musulmon jamiyatimizda hajning faqat tashqi rasmiyatchiligiga emas, balki uning ma’naviy-ruhiy mohiyatiga ko‘proq e’tibor berishimiz zarur. Chunki Ka’bani shunchaki ko‘z bilan ko‘rishdan ham muhimrog‘i — qalb ko‘zini ochish va uni poklashdir. Haqiqiy mabrur haj esa insonni gunohlardan uzoqlashtirib, Yaratuvchisiga yaqinlashtiradi. 
 

Jamol Mavlonov,

Buxoro shahridagi «Masjidi Kalon» jome masjidi imom-xatibi

Maqolalar