Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Fevral, 2026   |   3 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:53
Quyosh
07:11
Peshin
12:42
Asr
16:20
Shom
18:07
Xufton
19:19
Bismillah
20 Fevral, 2026, 3 Ramazon, 1447

O'zbekiston elchisi IHT Bosh kotibi bilan uchrashdi

03.03.2021   1643   1 min.
O'zbekiston elchisi IHT Bosh kotibi bilan uchrashdi

O'zbekistonning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi Favqulodda va muxtor elchisi, O'zbekistonning IHTdagi doimiy vakili Ulug'bek Maqsudov Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi, doktor Yusuf bin Ahmad al-Usaymin Jidda shahridagi Bosh qarorgohida muloqot o'tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar Islom hamkorlik tashkiloti va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlik istiqbollari borasida o'zaro fikr almashdi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Halqaro aloqalar bo'limi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Allohdan xafa bo‘lmang!

20.02.2026   2779   2 min.
Allohdan xafa bo‘lmang!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Daraxt shoxiga qo‘ngan mitti chumchuq mayus holatda, boshini egib o‘tirardi. Oradan necha kunlar o‘tsada chumchuq sayramas, hatto yon-atrofga ham qaramasdi.

Farishtalar hayratda qolishdi va Allohdan so‘rashdi: “Nega bu chumchuq jim bo‘lib qoldi?”.

Alloh: “Uning qalbida nima yashiringanini faqat Men bilaman”, deb javob berdi.


Oshkoru maxfiy ishlarni bilib turuvchi Zot – Alloh taolo: “Qalbingga nima ozor beryapti?” deb so‘radi.

Farishtalar ham chumchuqning javobini intizorlik ila kutishdi.

Chumchuq titroq ovoz va mahzunlik bilan: “Mening bitta kichkina uyam bor edi. Charchasam u yerga dam olish uchun qaytardim. Sovuq bo‘lganda isinib olardim. Hech kimga ozor bermasdim. Bu keng dunyoga kichik bir uyim sig‘madi. To‘satdan bo‘ron kelib, uni vayron qildi. Men uysiz qoldim”, dediyu boshqa gapira olmadi.


Oraga jimlik cho‘kdi. Farishtalar ham jim bo‘lib, Alloh taoloning javobini kutardilar.

Shunda Alloh: “Ey chumchuq, sen mening qulim emasmisan?” dedi.

“Ha, men Sening qulingman”, dedi chumchuq.

“Unda nega rahmatimdan norozisan? Taqdirimga taslim bo‘lmaysan?” deb marhamat qildi Alloh taolo.


Shundan so‘ng Alloh chumchuqning ini nega buzilganining hikmatini bildirdi.

“Sen uyangda dam olayotganingda, ilon yemish qidirib, sening iningga qarab kelayotgan edi. Shunda seni xavfdan qutqarish uchun shamolga bo‘ron qo‘zg‘ashni buyurdim. Uyang vayron bo‘ldi, lekin hayoting saqlanib qolindi”.

Chumchuqning ko‘zlaridan yosh oqdi. Allohning rahmatidan hayratda qolgan chumchuq: “Kechir, Allohim, meni kechir, Robbim”, deya oldi faqat.


Banda ko‘pincha Alloh taoloning hikmatini anglab yetmaydi. Inson yo‘qotgan narsa jazo emas, balki mukofot bo‘lishi ham mumkin. Sinovlar – yashirin rahmatdir. Allohning tanlovi biznikidan yaxshi va Uning rahmati cheksiz hamda har bir narsani qamrab olgan.

Allohim, bizni taqdiringga taslim bo‘luvchi, ne’matlaringga shukr qiluvchi, hikmatlaringni tafakkur etadigan bandalaringdan qilgin.

 

Davron NURMUHAMMAD