Biz nafas olayotgan havo asosan yomg'ir, okean, dengiz va daryolarning bug'lanishi natijasida deyarli 95% suv bug'larini o'z ichiga oladi. BAA cho'l havosini ichimlik suviga aylantirish – Zero Mass Water texnologiya kompaniyasining innovatsion loyihasidir.
Shunday qilib, havo suv resurslari, energiya va plastik, shisha ishlab chiqarish uchun zarur materiallarni tejash uchun foydalanish mumkin suv deyarli 12.000 milliard litrni o'z ichiga oladi.
Zero Mass Water kompaniyasi o'z loyihasini quyosh energiyasi yordamida suv bug'larini yutuvchi 1 250 panel bilan boshladi. Fil'trlar bilan jihozlangan bu mashinalar faqat suv molekulalarini tanlab, ifloslangan muhitda ham ularni qo'lga kiritishi mumkin. Shuning uchun Dubayning atrofi loyihani amalga oshirish uchun ideal joy hisoblanadi.
Ikkita panel ichimlik va ovqat pishirish uchun maishiy kundalik ehtiyojlari uchun suv bilan ta'minlash uchun etarli bo'ladi.
"Quyish bo'yicha zavod quyosh energiyasidan quvvatlanadi, biz ishlatadigan shisha idishlar qopqoqlar kabi qayta ishlash uchun yaroqli", – deydi kompaniya vakillaridan biri Samiulla Hon.
Islam.ru ma'lumotlariga ko'ra, innovatsion kontseptsiya Yaqin Sharq va Saudiya Arabistoni kabi dunyoning eng qurg'oqchilik hududlarida osongina amalga oshirish mumkin.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Sayyor yig‘ilish
Bugun diniy soha vakillariga aholining ishonchi ortib boryapti.
Nega? Chunki imom-xatiblar, imom noiblari, otinoyilar, "Haj 2025" ishtirokchilari mahalla faollari bilan birgalikda xonadonlarga kirib, aholi bilan samimiy suhbatlashib, odamlarni qiynayotgan muammolarning barham topishida yaqindan yordam berib kelmoqda.
Shu yil 6 aprel kuni Yunusobod tumanidagi «Umar ibn Xattob» jome masjidida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.
Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov olib borgan yig‘ilishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddilari, O‘MI Toshkent shahar vakilligi mas’ul xodimlari, tumanlar bosh imom-xatiblari, ulamolar, otinoyilar hamda «Haj 2025»da hajga borgan hoji otalar va hoji onalar ishtirok etishdi.
Dastlab kun davomida amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami, Ishchi guruh a’zolari hamda imom-xatiblar hamkorligining muhim jihatlari xususida yig‘ilganlarga tushunchalar berildi.
Shundan so‘ng poytaxtimiz tumanlari bosh imomlari, ulamolar, tumandagi masjidlar imom-xatiblari hojilar bilan birgalikda hududdagi mahallalarga chiqib, yuzdan ziyod xonadonga kirishdi.
Tadbir doirasida kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, jismoniy imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz holidan xabar olinib, ularga zarur tavsiyalar berildi.
Adashib turli oqimlar ta’siriga tushib qolgan yoshlar bilan ham yakkama-yakka suhbatlar olib borildi.
Tadbirni o‘tkazishdan maqsad yurtimizda inson qadri, sha’ni ulug‘ ekanini, odamlarga yaxshilik ulashib yashash, yurtimizda hukm surayotgan tinchlikning qadriga yetish, o‘zaro hamjihatlikni ta’minlash, yoshlarimizni turli yot g‘oyalardan asrashdir.
Tadbir ishtirokchilari yana «Umar ibn Xattob» jome masjidiga qaytib, amalga oshirilgan ishlarni o‘rtaga tashlab, kelgusidagi rejalarni belgilab olishdi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Yunusobod tumanidagi masjidlar hududlariga 40 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari hamda gullar, rayhonlar ekildi.
Xayrli duolar bilan sayyor yig‘ilish nihoyasiga yetdi.
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati