Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Noyabr, 2025   |   20 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:45
Quyosh
07:06
Peshin
12:12
Asr
15:26
Shom
17:11
Xufton
18:26
Bismillah
11 Noyabr, 2025, 20 Jumadul avval, 1447

Unutilayotgan sunnatlar (38-sunnat): Tungi namoz

21.01.2021   2654   2 min.
Unutilayotgan sunnatlar (38-sunnat): Tungi namoz

 

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ramazondan keyingi eng afzal ro'za, Allohning muharram oyi ro'zasidir. Farz namozdan keyingi eng afzal namoz tungi namozdir”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Iordaniya kardiologiya ilmiy-tadqiqot markazi tibbiyot olimlari uzluksiz uzoq vaqt uxlash inson salomatligi, yurak-qon tomirlari uchun zararligini, xususan, qon quyuqlashishi, infarkt, miokard kasalliklariga olib kelishini aniqladilar.

Kardiolog olimlar yurak, yurak-qon tomirlari kasalliklarini oldini olishda kechaning tongga yaqin qismida uyg'onib, o'qilgan namoz eng samarali usul ekanini ta'kidlaydilar.

Qarang, bu juda ham oson, ammo savobi ulkan, gunohlarni ketkazuvchi, jannatga etkazuvchi bo'lgan amaldir. Lekin dangasaligimiz, beparvoligimiz oqibatida bunga e'tibor bermaymiz, amal qilmaymiz. Ko'pchiligimiz hatto bilmaymiz ham. Avval bilmasak, endi bilib oldik. Endi bilganimizga amal qilaylik va boshqalarga ham etkazaylik.

Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini yoyilishiga xizmat qilish u zotga bo'lgan muhabbat va ehtiromning yuksak namunasi hisoblanadi. U zot sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini aniqlik bilan etkazganlarning haqqiga: “Mening gapimni eshitib, yodlab, singdirib, so'ngra etkazgan odamni Alloh ne'matlantirsin”, deb duo qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Alloh taolo barchamizga har bir ishda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilishimizga tavfiq ato etsin, omiyn!

Allohumma solli va sallim 'ala Muhammadin va 'ala oli Muhammad

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Haj vaziri bilan yangi tartib va qulayliklar muhokama qilindi

10.11.2025   4520   1 min.
Haj vaziri bilan yangi tartib va qulayliklar muhokama qilindi

Kecha, 9 noyabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasi hamda Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi o‘rtasida “Haj – 2026” mavsumini namunali tashkil etish yuzasidan muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Muzaffar Komilov, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, attashe Shuhrat Amoniy hamda Haj va umra vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia, Saudiya elchisi Yusuf al-Utaybiy kelgusi haj mavsumini yuqori darajada tashkil etishni muhokama qilishdi. 

Uchrashuv avvalida muhtaram Prezidentimiz hamda Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, Valiahd Muhammad bin Salmon Ol Saud o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar salmoqli natija berayotgani, delegatsiyalar almashinuvi ko‘paygani va hojilarga eng yuqori darajadagi xizmatlar ko‘rsatilayotgani alohida qayd etildi.

Muzokaralar chog‘ida yangi mavsumda hojilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilgan yangi tartib-qoidalar to‘g‘risida fikr-mulohaza almashildi. Jumladan, tibbiy talablarga qat’iy rioya etish, hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish, shartnoma bandlarini bajarish va haj mavsumida nizom talablariga amal qilishga urg‘u qaratildi.

Haj vaziri davlatimiz Rahbari tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy-tadqiqot, bunyodkorlik ishlari, haj va umra yo‘nalishidagi yangilanishlar va ziyoratchilarimiz tartib-intizomini yuqori baholadi. Shuningdek, u O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi va Samarqandagi Imom Buxoriy majmuasining tantanali ochilish marosimlarida ishtirok etish niyatini bildirdi.  

Uchrashuvda ziyorat turizmini rivojlantirish, o‘lkamizning qadimiy shaharlariga sayohatlar uyushtirish, ilm-fan, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida hamkorlik qilish kabilarga ham to‘xtalindi.

Muloqot yakunida tomonlar qator masalalar bo‘yicha kelishuvga erishish barobarida o‘zaro esdalik sovg‘alari almashdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
 

Haj vaziri bilan yangi tartib va qulayliklar muhokama qilindi Haj vaziri bilan yangi tartib va qulayliklar muhokama qilindi Haj vaziri bilan yangi tartib va qulayliklar muhokama qilindi Haj vaziri bilan yangi tartib va qulayliklar muhokama qilindi Haj vaziri bilan yangi tartib va qulayliklar muhokama qilindi Haj vaziri bilan yangi tartib va qulayliklar muhokama qilindi Haj vaziri bilan yangi tartib va qulayliklar muhokama qilindi Haj vaziri bilan yangi tartib va qulayliklar muhokama qilindi Haj vaziri bilan yangi tartib va qulayliklar muhokama qilindi