Har yili mamlakatimizda 14 yanvar' – Vatan himoyachilari kuni sifatida keng nishonlanadi. Buning zamirida aziz Vatanimizni dushmanlardan asrash, tinchligini saqlash, chegarasi daxlsizligini ta'minlash, mustaqilligini yanada mustahkamlash, shu zaminda yashayotgan har bir musulmon farzandi burchli ekani eslatilmoqda.
Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: “Kimki Alloh taolo yo'lida bir kunduz yoki bir kecha chegara poylasa, unga bir oy kunduzi (nafl) ro'za tutib, kecha ibodat qilganlik savobi yoziladi. Kimiki sarhadni qo'riklab turganda halok bo'lsa, unga ham xuddi shunday ajru-savob mukofoti bo'ladi va shahidlik maqomi berilib, barcha fitnalardan omonda bo'ladi”, dedilar.
Payg'ambarimiz alayhissalom: “Ikki ko'z egasini duzax otashi kuydirmas: biri – Allohning azobidan qo'rqib yig'lagan ko'z, ikkinchisi – Alloh yo'lida qo'riqchilik qilib bedor bo'lgan ko'z”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati). Ushbu hadisni farzandu-nabiralarimiz ongiga singdirib, ularni haqiqiy posbon qilib tarbiyalaylik.
Alloh taolo yurtimiz posbonlarini savobli amallarda davomli qilsin, xalqimizni balo va kasalliklardan omonda saqlasin.
Abdullaxon MIRZAYeV,
Denov tumanidagi “Muhammadqul” jome masjidi imom-xatibi
F.Abduxoliqov mamlakatimiz nomidan JMLning islom olamidagi sa’y-harakati, xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini e’tirof etdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida o‘tkazilgan Xalqaro islomofobiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan birinchi xalqaro tadbirda Bosh kotib musulmon xalqlari vakili sifatida qilgan ma’ruzasini yuqori baholadi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA