Sayt test holatida ishlamoqda!
14 May, 2025   |   16 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:05
Peshin
12:24
Asr
17:24
Shom
19:37
Xufton
21:05
Bismillah
14 May, 2025, 16 Zulqa`da, 1446

“Masjidun Nabaviy” haqida

18.04.2020   4466   5 min.
“Masjidun Nabaviy” haqida

1-chi maqolani davomi

Masjidun Nabaviyni kengaytirish va ta’mirlash ishlari:

  1. Hijriy 654 – yil Ramazon oyida juma kechasida Masjidun Nabaviyda yong‘in chiqdi. Yong‘in masjid tomini barchasini, Nabiy sollallohu alayhi vasallamni minbarlari, eshiklarni, javonlarni, xonalarni va sandiqlarni qamrab oldi. Odamlar uni o‘chira olmadilar. Abbosiy xalifa Musta’sim Billah hijriy 654 – yilda (milodiy 1257) masjid qurilishini boshladi, lekin mo‘g‘ullar Bog‘dodni istilo qilishlari sababli qurilishni oxiriga yetkaza olmadi. Misr va Yaman sultoni bu muborak ishga boshliq bo‘ldi. U sulton Zohir Biybars. Bu ishda uning hizmati beqiyos edi. Masjid tomi yonishdan avval qanday bo‘lsa shunday holatda qurilish yakunlandi.
  2. Sulton Ashraf Qayitboy hijriy 886 – 886 yillar (milodiy 1481 – 1483) oralig‘ida masjidni kengaytirdi. Masjidning ko‘p qismlarini qaytadan qurdi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hujralari ustiga gumbaz qurdi. Hujrayi saodatni o‘z ichiga oladigan sharqiy tomonni 2,25 ziro (1,12 m)ga kengaytirdi. Masjid balandligini 22 ziro ya’ni 11 m ga yetkazdi.

Usmoniy xalifalardan bo‘lgan sulton Mahmud II milodiy 1813 – yilda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hujralari ustiga qo‘rg‘oshindan yangi qubba qurdirdi va uni yashil rangga bo‘yatdi.

 

 

  1. Usmoniylar hijriy 923 – yilda (milodiy 1017 – yil) Misrdagi Mamlukiylar sultonligi tugatilganidan so‘ng Masjidun Nabaviyni barcha ishlariga boshliq bo‘ldilar. Sulton Ashraf Qayitboy masjidni kengaytirganidan keyin masjidning ba’zi joylarida devorlarni yorilish holati kuzatilti. Usha paytdagi Masjidun Nabaviy Shayxi Dovud Poshsho Sulton Abdulmajid[1]ga Masjidun Nabaviyni ta’mirlash haqida xabar yubordi. Sulton Abdulmajid I hijriy 1265 – yilda(milodiy 1848 – yil) muhandis Ramzi Afandi va Usmon Afandilani masjid binosi uchun nimalar kerak bo‘lishini aniqlash uchun yubordi. Madina ahli masjid qurilishi va ta’mirlashi uchun kerak bo‘lhan narsalarni aniqlashda yordam berishdi. Ramzi va Usmon afandilar Istanbulga qaytib, Sulton Abdulmajid I ga Masjidun Nabaviyni qayta qurish va ta’mirlashga ehtiyoj boriligini aytishdi. Sulton Abdulmajid I Halim afandini masjid qurilishiga boshliq qilib jo‘natdi. Halim afandiga qo‘shib masjid qurilishi uchun kerakli bo‘lgan muhim ish qurollari, pullar, mutaxassislar, tosh teruvchi ustalar va ishchilarni yubordi. Mutaxassislar yetib borgach tosh teruvchi ustalarni boshlig‘I Ibrohim O‘ga ulardan bir qanchasini usha atrofdan marmar va tosh minerallarini izlash uchun yubordi. Ular masjid qurilishiga kerak bo‘lganini topa olishmadi. Madina atrofidagi tog‘larni qidirishayotganida Abyar Alini ro‘parasidagi Aqiyq vodiysidagi tepalikdan kerakli toshlarni topishdi. Ular tog‘ etagiga tosh teruvchi ustalar uchun chodirlar qurishdi. Ular o‘zlari bilan bolg‘alar va kerakli asboblarni oldilar va tog‘ni tepasiga ko‘tarildilar. Allohning nomi bilan ishni boshlab, yomon toshlarni pasga ota boshladilar, hatto haqiqiy ma’dan chiqqunicha. Tosh yo‘nuvchi ustalar haqiqiy ma’danni ustiga turib iskana bilan ma’danlarni qazishni boshlashdi. Undan tosh qotishmalarni chiqarib olishdi. Ushbu tog‘ni yoniga: “Ushbu tog‘da Harami Sharif uchun tosh olingan” – deb yozib qo‘yilgan. Ushbu qizil toshlardan masjid ustunlari va qubbalarini qurishdi. Ushbu toshlar o‘ymakorlik uchun oson va rangi chiroyli edi. To‘rtta devorni qora o‘yib ishlov berilgan toshlardan qurishdi. Masjidga Qur’ondan bir qancha suralar, Rasululloh sollalloh alayhi vasallamning ismlari “Suls” xatida yozildi. Yozilgan yozuvlar ustidan oltin suv yurgizib chiqildi. Sulton Abdulmajid I Masjidun Nabaviyga Qur’on ta’lim olish uchun maktab ochtirdi.

Hijriy 1277 – yilda (milodiy 1861) masjid qurilishi o‘z nihoyasiga yetdi. Masjidga umimiy 1293 m2  maydon qo‘shildi. Masjidning umumiy maydoni 10303 m2 ga yetdi. Eshiklar soni 5 taga, minoralar soni 5 taga yetkazildi. Hijriy 1326 – yilda Masjidun Nabaviy to‘liq elektirlashtirildi. Bu islom olamidagi birinchi to‘liq elektirlashtirilgan inshoot bo‘ldi.

Shayxontohur tumani “Eshon 

 Boboxon” jome masjidi imom

 noibi Abdulahadov Abdulmo‘min

 

 

 

[1] Sulton Abdulmajid I ibn Sulton Mahmud II. Hijriy 1238 – yil (milodiy 1823 – yil) tug‘ilgan. Hijriy 1255 – yilda (milodiy 1839 – yil) sulton bo‘lgan. Hijriy 1277 – yilda (milodiy 1861 – yil) vafot etgan.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

O‘tirgan tik turgandan yaxshiroq

14.05.2025   961   3 min.
O‘tirgan tik turgandan yaxshiroq

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Fitna – bu jamiyatda ixtilof, nizo va buzg‘unchilikka olib keladigan omillar majmuasidir. Tarix davomida fitna turli ko‘rinishlarda – siyosiy qarama-qarshilik, diniy ziddiyat yoki ijtimoiy beqarorlik sifatida namoyon bo‘lgan.

Fitna jamiyat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, munosabatlarning buzilishiga sabab bo‘ladi. Ijtimoiy nizolar odamlar o‘rtasida ishonchni yo‘qotadi, bu esa hamkorlik va birdamlikka putur yetkazadi. Masalan, siyosiy fitnalar davlat institutiga bo‘lgan ishonchni kamaytirib, qonun ustuvorligiga xalaqit beradi. Iqtisodiy jihatdan, fitna savdo-sotiq, investitsiyalar va ishlab chiqarishning pasayishiga olib keladi. Tarixdagi ko‘plab misollar mavjud bo‘lib, fuqarolik urushlari, ommaviy tartibsizliklar fitnaning iqtisodiy va ijtimoiy zararlarini ko‘rsatadi.

Diniy yoki mafkuraviy fitnalar esa jamiyatdagi ma’naviy qadriyatlarga tahdid soladi. Bunday nizolar odamlarni guruhlarga bo‘lib, bir-biriga qarshi qo‘yadi, bu esa uzoq muddatli parokandalikka sabab bo‘ladi. Fitna ko‘pincha yoshlarning radikallashuvi, axloqiy buzilish va ma’naviy yo‘qotishlar bilan bog‘lanadi.

Baqara surasi 217-oyatida “Fitna qotillikdan ham og‘ir gunohdir”, 191-oyatda “Fitna qotillikdan ham yomondir” deyilgan.

“Tafsiri Irfon”da, zolim va qonxo‘r kimsalar hamisha insonlar, butun-butun qabilalar o‘rtasida fitna, nifoq solib, jamiyatning tinch hayotini parokanda qilishi, fitna esa odamlarni qatl qilishdan ham og‘ir jinoyat ekani aytilgan.

Fitna konstruktiv yo‘naltirilib, oldi olinmasa, buzg‘unchilik va beqarorlikka sabab bo‘ladi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan hadisda, “Yaqin orada fitnalar bo‘ladi. O‘sha chog‘da o‘tirib olgan odam tik turgandan yaxshiroqdir. O‘rnida jim tik turgan esa yurayotgan odamdan yaxshiroqdir. Yayov yurgan esa tez-tez yurayotgan odamdan yaxshiroqdir. Kim o‘sha fitnalarga e’tibor bersa uni fitna o‘ziga tortib ketadi. Kimki qutulishga joy topa olsa, o‘sha joyda fitnadan himoyalansin!”, deyilgan.

Bu hadisda Rasul alayhissalom fitnaga aralashib qolishdan qaytarib, undan chetda bo‘lish yo‘llarini bayon qilgan. Fitnaga qiziqmaslik, e’tibor qilmaslik, qo‘shilmaslik bilan himoyalanishni tavsiya qilganlar.

Fitnaning zararli ta’sirini kamaytirish uchun jamiyatda ma’rifat va muloqotni kuchaytirish zarur. Ta’lim va axborot vositalari orqali odamlarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini oshirish, ularni fitna unsurlaridan himoya qiladi. Davlat va jamoat tashkilotlari esa adolatli qonunlar va ochiq muloqot orqali ishonch muhitini shakllantiradi.

Bundan tashqari, fitnaning oldini olishda ma’naviy-axloqiy tarbiya muhim o‘rin tutadi. Dini va milliy qadriyatlarga asoslangan tarbiya odamlarda birdamlik va o‘zaro hurmat tuyg‘usini mustahkamlaydi. Nihoyat, fitnaga qarshi kurashishda har bir fuqaroning mas’uliyatli va faol ishtiroki muhimdir.

Alloh taolo Hujurot surasi 6-oyatda “Ey iymon keltirganlar! Agar fosiq xabar keltirsa, aniqlab ko‘ringlar, bilmasdan bir qavmga musibat yetkazib qo‘yib, qilganingizga nadomat chekib qolmanglar” deb fitnaga sabab bo‘luvchi gap-so‘zlarga ko‘r-ko‘rona ergashib ketmasdan tekshirib ko‘rish lozimligini ta’lim bergan.

Shunday ekan, fitnani oldini olish, fitna keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish, unga qarshi kurashish jamiyatning barcha a’zolari uchun umumiy vazifadir.

Shermuhammad Boltayev,
Xorazm viloyati Shayx Qosim bobo jome masjidi imom-xatibi.