Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.
*****
Alloh taolo O‘zi yaxshi ko‘rgan amal bilan mashg‘ul bo‘lishing uchun gohida yaxshi ko‘rgan narsangni sendan uzoqlashtiradi. Alloh taoloning qadarida hikmat, rahmat, lutf bor bo‘lib, ular sening hayotingni nurafshon etadi. “Alloh biladi, siz bilmaysiz” (Baqara surasi, 216-oyat).
*****
Yolg‘iz o‘tirish atrofingda munofiqlar shovqin solishidan afzaldir.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Tarix askarlarni eslamaydi, tarix faqat podshohlarni eslaydi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Soliq turlari va miqdori ko‘paysa, davlat inqiroz yoqasiga keladi.
Ibn Xaldun rahimahulloh
*****
Kim yo‘lga (tariqatga) ustozsiz kirsa, ikki kundan ortiq vaqt ketmaydigan safarga yuz yil vaqt sarflaydi.
Jaloliddin Rumiy rahimahulloh
*****
Hech bir ish qilmay turib orzuni ko‘paytirma. Kurashmay, mashaqqat chekmay turib muvaffaqiyatga erisholmaysan.
“Hayotning narigi yuzi”
*****
Uchishdan avval to‘g‘ri yurishni o‘rgan.
“Hayotning narigi yuzi”
*****
Insonning qalbiga baxt urug‘ini eksang, bir kun sening ham qalbingga baxt urug‘ini ekadigan odam keladi. Bu qaytar dunyo. Zero, bugun eksang, ertaga o‘rasan.
“Hayotning narigi yuzi”
*****
Seni chaqqan chayondan ehtiyot bo‘l. Hech qachon u beozor kabutarga aylanib qolmaydi.
“Hayotning narigi yuzi”
*****
Bu zamonda oz gapirib, o‘zingni ko‘p bilmaganga ol.
“Hayotning narigi yuzi”
*****
Sen uchun aziz bo‘lgan insonga ham sirlaringni aytma. Chunki uning ham o‘z azizi bor.
“Hayotning narigi yuzi”
*****
Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
2026 yil 2 aprel kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov va bosh imom o‘rinbosari Abdulloh domla Yo‘ldoshev homiylarni jalb qilgan holda poytaxtimizdagi «Xadichai Kubro» ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga 80 million so‘mga yaqin kompyuter, planshet va boshqa maishiy texnika jihozlarini hadya qildilar.
https://t.me/MuslimShosh/39627