Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Aprel, 2026   |   16 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:39
Quyosh
06:00
Peshin
12:31
Asr
16:59
Shom
18:56
Xufton
20:11
Bismillah
05 Aprel, 2026, 16 Shavvol, 1447

Muhokama, munozara va xotima

23.11.2017   4610   4 min.
Muhokama, munozara va xotima

Kecha Urganchda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlar bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Xorazm viloyat hokimligi hamkorligida “O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar” mavzuida diniy soha xodimlari hamda ma’naviyat targ‘ibotchilari uchun o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Targ‘ibot tadbirida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat, shahar, tuman kengashlarining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalar viloyat kengashlari raislarining ma’naviy targ‘ibot bo‘yicha bo‘lim boshliqlari  O‘zbekiston yoshlar ittifoqining viloyat kengashi bo‘lim mudirlari, O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyatdagi vakillari, diniy ta’lim muassasalari rahbarlari, imom-xatiblar ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimizda  diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar va tashabbuslarning mazmun-mohiyatidan diniy soha xodimlari, ma’naviyat targ‘ibotchilarini yanada batafsilroq xabardor etish maqsad qilib qo‘yildi.

O‘quv-seminarda O‘zbekistonning xalqaro maydonda diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish, unga qarshi kurashish borasida olib borayotgan siyosatining mohiyati, mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada barqarorlashtirishda diniy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

Jumladan:

-O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi va Islom hamkorlik tashkilotining fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida so‘zlagan nutqining mazmun-mohiyati;

-joriy yilning 18 oktyabrida Toshkentda o‘tkazilgan “Islom hamjihatligi: O‘zbekiston va Ozarbayjon misolida”  mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilarining yurtimizda hukm surayotgan diniy bag‘rikenglik haqida bildirgan fikr-mulohazalari;

-imom-xatiblarning ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, muqaddas dinimizning sofligini asrashda tutgan o‘rni va vazifalari;

-yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol etib tarbiyalash, ularning ongi va dunyoqarashini “ommaviy madaniyat” kabi salbiy ta’sirlardan himoyalashning muhim yo‘nalishlari mavzularida so‘z yuritilib, so‘z borgan mavzular videolavhalar va slaydlar vositasida yoritildi.

Xususan, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Z.Sultonov “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi va Islom hamkorlik tashkilotining fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida so‘zlagan nutqining mazmun mohiyati”;

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari I.Inomov “Imom-xatiblarning ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, muqaddas dinimizning sofligini asrashda tutgan o‘rni va vazifalari”;

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining hududiy bo‘limi rahbari B. Abdirahimov “Yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol etib tarbiyalash, ularning ongi va dunyoqarashini “ommaviy madaniyat” kabi salbiy ta’sirlardan himoyalashning muhim vazifalari” mavzuida ma’ruza qildi.

Shuningdek, tadbirda “Islom hamjihatligi: O‘zbekiston va Ozarbayjon misolida”  mavzusidagi xalqaro konferensiyasida Kavkaz musulmonlari diniy idorasi rahbari Shayxul islom Ollohshukur Poshshozodaning ma’ruzasi bo‘yicha tayyorlangan videolavha namoyish etildi hamda ishtirokchilarga “Islom hamjihatligi: O‘zbekiston va Ozarbayjon misolida”  mavzuidagi xalqaro konferensiya to‘plami tarqatildi.

O‘quv-seminarda Islom olamida kechayotgan murakkab  ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning asl mazmuni, ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini bartaraf etish hamda turli g‘arazli va terroristik holatlarni muqaddas Islom dini bilan bog‘layotgan kuchlarga nisbatan diniy soha xodimlarining yakdil munosabatini belgilash, ularga qarshi kurashishning samarali usullari ustida ishlashga  kelishib olindi.

*   *   *

Ayni mavzudagi tadbir kunikecha Nukusda qoraqalpog‘istonlik diniy soha xodimlari hamda ma’naviyat targ‘ibotchilari uchun ham bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari M.Aleuov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Z.Sultonov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari I.Inomov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining hududiy bo‘limi rahbari K.Yusupov, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Sh.Bauatdinov, Qoraqalpog‘istondagi masjidlarda faoliyat ko‘rsatayotgan imom-xatiblar, imom noiblari hamda ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxassislari va boshqalar ishtirok etdi. 

Tadbirdan asosiy maqsad, imom-xatiblar va ma’naviyat targ‘ibotchilariga O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, xorijlik ulamolar, diniy soha xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyalarning mazmun-mohiyatini yanada batafsil yetkazish, yoshlarni milliy an’ana va qadriyatlarimizga yot bo‘lgan zararli ta’sirlardan himoya qilishga qaratilgan tadbirlarning samaradorligini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.

 

O‘MI matbuot xizmati

                                                   

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mehr-saxovat tadbirlari izchil davom etmoqda

02.04.2026   9287   1 min.
Mehr-saxovat tadbirlari izchil davom etmoqda

Xayrli ishlar Samarqand viloyatida ham izchil davom ettirilmoqda. Ayni maqsadni ko‘zlagan holda, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Nursultonxon domla Abdumannonov Bulung‘ur tumanidagi “Olomon” jome masjidida bo‘lib, bu yerda tashkil etilgan navbatdagi xayriya tadbirida ishtirok etdi.

Ma’rifiy suhbat va ehson dasturxoni shaklida o‘tgan ushbu marosimga 200 nafar nuroniy otaxon va ko‘makka muhtoj fuqarolar taklif etildi.

Tadbir doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj 20 ta oilaga maxsus hadya va moddiy yordamlar topshirilib, ularning ko‘ngli shod etildi.

Samimiy ruhda kechgan suhbatlar davomida xalqimizga xos mehr-oqibat, saxovat va o‘zaro ko‘mak kabi yuksak insoniy fazilatlarning ahamiyati yana bir bor ta’kidlanib, yurt tinchligi va el farovonligi uchun duolar qilindi. 

 

Sammuslim.uz

Mehr-saxovat tadbirlari izchil davom etmoqda Mehr-saxovat tadbirlari izchil davom etmoqda Mehr-saxovat tadbirlari izchil davom etmoqda
O'zbekiston yangiliklari