Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Iyul, 2025   |   5 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:42
Quyosh
05:16
Peshin
12:35
Asr
17:33
Shom
19:46
Xufton
21:13
Bismillah
30 Iyul, 2025, 5 Safar, 1447

Ziyo maskanida ma’rifat taqdimoti bo‘lib o‘tdi

06.04.2017   4610   2 min.
Ziyo maskanida ma’rifat taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2017 yil 5 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetida O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari Aydarbek Tulepovning “Internetdagi tahdidlardan himoya” nomli kitobining to‘ldirilgan qayta nashrining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston musulmonlar idorasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov, Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li, “Movarounnahr” nashriyoti xodimi Ilhom Ma’rupov hamda universitet professor-o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.

Mazkur taqdimotni o‘tkazishda yoshlarni ma’naviy tahdidlardan ogohlik ruhida tarbiyalash va ularni axborot xurujlaridan himoya qilish borasida professor-o‘qituvchilarga uslubiy yordam berish asosiy maqsad qilib belgilangan. Binobarin, bugungi globallashuv jarayonida axborot xurujlari har jihatdan inson ongi va qalbini egallashga qaratilganligi bilan xarakterlidir. Ayniqsa, global tarmoq hisoblangan internet orqali bo‘layotgan tahdidlarning xavfi va tahdidi ortib bormoqda. Bu tahdidlardan yoshlarni himoyalashda milliy mafkurani singdirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va bu borada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni faol olib borish lozimligini taqozo etadi. O‘tkazilgan taqdimot tadbiri ham shu jihatga qaratilganligi bilan muhim va dolzarbdir.  

Taqdimot tadbirida so‘z olganlar “Internetdagi tahdidlardan himoya” kitobining to‘ldirilgan qayta nashri yuzasidan fikr-mulohaza bildirar ekan, asarning mazmun-mohiyati, uning bugungi globallashuv jarayonlarida turli informatsion tahdidlardan himoyalanishdagi o‘rni va ahamiyati hamda yosh avlod ongu shuurini yot g‘oya va qarashlardan asrash, himoyalashda muhim qo‘llanma ekaniligini ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbir so‘ngida mazkur kitobdan tadbir ishtirokchilariga hamda universitet Axborot-resurs markaziga taqdim etildi. O‘tkazilgan taqdimot tadbiri diniy-ma’rifiy, shu bilan birga ilmiy qiymati yuqori ekanligi bilan ahamiyatlidir.

Davron NURMUHAMMAD

tayyorladi

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar

Alloh taolo saxiydir

30.07.2025   724   1 min.
Alloh taolo saxiydir

Bismillahir Rohmanir Rohiym

حدثنا عيسى بن أحمد العسقلاني أنا يزيد بن هارون أنا الحجاج بن أرطاة عن سليمان بن سحيم عن طلحة بن عبيد الله قال: قال رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم: إن الله جواد يحب الجود ويحب معالي الأخلاق ويكره سفسافها وإن من تعظيم جلال الله إكرام ثلاثة: ذي الشيبة في الإسلام وحامل القرآن غير الغالي فيه ولا الجاف عنه وذي السلطان المقسط.


Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam aytdilar: “Albatta Alloh taolo saxiydir, saxiylarni yaxshi ko‘radi. Go‘zal axloqni yaxshi ko‘radi, (jirkanch, yomon) axloqsizlikni yomon ko‘radi. Albatta uch kishini ikrom qilish Alloh taoloning ulug‘vorligiga ta’zimdir: Islomda sochi oqargan, unda (Qur’onda) g‘uluvga ketmay, undan yuz o‘girmay Qur’onni yod olgan (va hukmlariga amal qilgan) va odil podshohni”.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi