Sayt test holatida ishlamoqda!
18 May, 2026   |   30 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:26
Quyosh
05:02
Peshin
12:24
Asr
17:26
Shom
19:42
Xufton
21:11
Bismillah
18 May, 2026, 30 Zulqa`da, 1447
Maqolalar

Ayolingizning qadriga yeting!

11.11.2024   9682   1 min.
Ayolingizning qadriga yeting!

Bir ayol Qur’oni karimni tilovat qilar, yonida turmush o‘rtog‘i esa jim tinglardi. Shunda ayol Niso surasidagi bir nechta ayollarga uylanish haqidagi oyatga kelganda ovozini pasaytirib o‘qiy boshladi. Buni ko‘rgan eri kulib: “Sen mening birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi ayolimsan”,  deb erkaladi.
Bugun ayrimlarimiz ayolimizga yaxshi muomala qilishni unutib qo‘ymoqdamiz. U esa bizni, farzandlarimizni, qolaversa, ota-onamiz, aka-ukalarimiz bo‘ladimi, hamma yaqinlarimizning ko‘nglini olishga harakat qiladi. Doim oilaga g‘amxo‘rlik qilish bilan band.
Shunday ekan ayolimizning qadriga yetaylik, imkon qadar ko‘nglini olaylik. Ayolga qanday muomala qilishda esa Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga boqaylik. 
Zero, hadisi shariflarda: “Sizlarning yaxshilaringiz o‘z ahliga yaxshi muomala qilganingizdir. Men o‘z ahliga yaxshi muomala qiluvchirog‘ingizman”, deya marhamat qilingan (Imom Termiziy rivoyati).

Akbarshoh Rasulov

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Nabaviy tabobat: Zanjabil

18.05.2026   729   1 min.
Nabaviy tabobat: Zanjabil

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Alloh taolo Qur’oni karimda zanjabilni zikr etib bunday marhamat qiladi:

﴿وَيُسْقَوْنَ فِيهَا كَأْسًا كَانَ مِزَاجُهَا زَنْجَبِيلًا﴾


(Jannat ahli) u joyda mizoji zanjabil bo‘lmish qadahlarda (may) ichirilur” (Inson surasi, 17-oyat).


Abu Nuaym “Tibbun Nabaviy” nomli asarida quyidagi hadisni keltiradi: Abu Said Xudriy roziyallohu anhu aytadilar: “Rum podshosi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘zada zanjabil hadya qildi. Undan har bir kishini bir bo‘lakdan taomlantirdilar. Menga ham bir bo‘lagini berdilar”.


Zanjabilni iste’mol qilish va ko‘zga surtish ko‘zga foyda qiladi. Iste’moli ichak va oshqozondagi noxush hidlarni ketkazadi. Tanadagi ortiqcha namlikni haydaydi. Xotirani kuchaytiradi.


"Islomda salomatlik" kitobidan
Muhammad Zarif Muhammad Olim o‘g‘li

Maqolalar