Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Iyul, 2025   |   8 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:55
Peshin
12:32
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
03 Iyul, 2025, 8 Muharram, 1447
Yangiliklar

Islom institutidagi xalqaro anjuman ilmiy tavsiya va dolzarb yechimlarga boy bo‘ldi

25.04.2025   12984   1 min.
Islom institutidagi xalqaro anjuman ilmiy tavsiya va dolzarb yechimlarga boy bo‘ldi

Shu yil 24 aprel kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida "Islom dini asl manbalarini talqin qilishdagi yondashuvlar: muammo va yechimlar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. 

Xalqaro anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi mutasaddi vakillari, Fatvo markazi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy xodimlari, oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar va tadqiqotchilar ishtirok etdi. 

Yurtimiz vakillari bilan bir qatorda Turkiya, Misr, Rossiya, Hindiston kabi davlatlardan 60 dan ortiq yetakchi olimlar, professorlar, tadqiqotchilar va ilmiy xodimlar ushbu konferensiyada qatnashdi. 

Qur’oni karim tilovati va xayrli duolar bilan boshlangan tadbirni Toshkent islom instituti Matbuot kotibi Abduqayyum Ismoil olib bordi.

Dastlab Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un G‘afurov tadbirni tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Diniy idora raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqovlar yurtimizda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni so‘zlash barobarida mavzu yuzasidan ma’ruza qilib, ayni masalaning yechimlari borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. 

Anjuman “Qur’onshunoslikning dolzarb masalalari”, “Globallashuv davrida diniy ixtiloflarning oldini olishda hadis va hadis ilmlarining o‘rni” deb nomlangan ikki sho‘ba o‘z faoliyatini davom ettirdi. Unda yurtimiz va xorij olim va tadqiqotchilar mavzu borasida chiqishlar qilishdi.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman yakunida bugungi kundagi dinimizning asl manbalarini talqin qilishdagi yondashuvlarlarga oid masalalarni tahlil etish barobarida ularning yechimi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Islom institutidagi xalqaro anjuman ilmiy tavsiya va dolzarb yechimlarga boy bo‘ldi Islom institutidagi xalqaro anjuman ilmiy tavsiya va dolzarb yechimlarga boy bo‘ldi Islom institutidagi xalqaro anjuman ilmiy tavsiya va dolzarb yechimlarga boy bo‘ldi Islom institutidagi xalqaro anjuman ilmiy tavsiya va dolzarb yechimlarga boy bo‘ldi Islom institutidagi xalqaro anjuman ilmiy tavsiya va dolzarb yechimlarga boy bo‘ldi Islom institutidagi xalqaro anjuman ilmiy tavsiya va dolzarb yechimlarga boy bo‘ldi Islom institutidagi xalqaro anjuman ilmiy tavsiya va dolzarb yechimlarga boy bo‘ldi Islom institutidagi xalqaro anjuman ilmiy tavsiya va dolzarb yechimlarga boy bo‘ldi Islom institutidagi xalqaro anjuman ilmiy tavsiya va dolzarb yechimlarga boy bo‘ldi Islom institutidagi xalqaro anjuman ilmiy tavsiya va dolzarb yechimlarga boy bo‘ldi Islom institutidagi xalqaro anjuman ilmiy tavsiya va dolzarb yechimlarga boy bo‘ldi Islom institutidagi xalqaro anjuman ilmiy tavsiya va dolzarb yechimlarga boy bo‘ldi Islom institutidagi xalqaro anjuman ilmiy tavsiya va dolzarb yechimlarga boy bo‘ldi Islom institutidagi xalqaro anjuman ilmiy tavsiya va dolzarb yechimlarga boy bo‘ldi Islom institutidagi xalqaro anjuman ilmiy tavsiya va dolzarb yechimlarga boy bo‘ldi Islom institutidagi xalqaro anjuman ilmiy tavsiya va dolzarb yechimlarga boy bo‘ldi Islom institutidagi xalqaro anjuman ilmiy tavsiya va dolzarb yechimlarga boy bo‘ldi Islom institutidagi xalqaro anjuman ilmiy tavsiya va dolzarb yechimlarga boy bo‘ldi Islom institutidagi xalqaro anjuman ilmiy tavsiya va dolzarb yechimlarga boy bo‘ldi Islom institutidagi xalqaro anjuman ilmiy tavsiya va dolzarb yechimlarga boy bo‘ldi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Vafot etgan ota-onamga qanday yaxshilik qilishim mumkin?

30.06.2025   4584   3 min.
Vafot etgan ota-onamga qanday yaxshilik qilishim mumkin?

Farzand uchun ota-onaga xizmat qilib, ularning roziligini olishdan ham ulug‘roq saodat yo‘q. Boisi Alloh taolo rizosi ota-ona roziligiga bog‘langan.

Mehribon Robbimiz ota-ona roziligini topish uchun bizlarga uning yo‘llari va vositalarini oson qilib qo‘ygan. Nafaqat hayotliklarida, balki dunyodan ko‘z yumganlaridan keyin ham ularga yaxshilik qilish shulardan biridir.

Shariatimizda ota-ona nafaqat hayotlik chog‘larida, balki ular bu dunyodan o‘tib ketganlaridan keyin ham haqlarini ado etmoqlik farzand zimmasidagi vazifalardan sanaladi. Ana shulardan biri ota-ona yaqinlari va do‘stlariga yaxshilik qilishdir.

Ibn Dinordan rivoyat qilinadi: “Abdulloh ibn Umarning eshagi va sallasi bo‘lar edi. Bir kuni o‘sha eshagini minib ketayotgan edi, oldidan bir a’robiy o‘tib qoldi. Shunda  “Sen falonchining o‘g‘li emasmisan?” dedi. U: “Ha, shunday”, dedi. Ibn Umar unga eshakni berib, “Bunga minib ol”, dedi va sallasini berib: “Buni boshingga o‘rab ol”, dedi.

Sheriklaridan biri unga: “Alloh sizni mag‘firat qilsin! Charchaganda minib turadigan eshagingizni, boshingizga o‘raydigan sallangizni mana shu a’robiyga berdingiz-a?” dedi. Ibn Umar: “Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning “Yaxshiliklarning eng yaxshisi – kishi otasi ketganidan (vafot etganidan) so‘ng uning yaxshi ko‘rganlariga yaxshilik qilishidir”, deganlarini eshitganman. Uning otasi (otam) Umarning do‘sti edi”, dedi” (Imom Muslim rivoyati).

Abu Usayd Molik ibn Rabi’a So’idiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlarida edik, Bani Salimalik bir kishi kelib, “Yo Allohning Rasuli, ota-onamning vafotidan keyin ularga qilishim mumkin bo‘lgan yaxshiliklardan biror narsa qoldimi?” dedi. U zot: “Ha. Ularning haqqiga duo qilish, ular uchun istig‘for aytish, ulardan keyin ahdlariga vafo qilish, ular orqaligina bog‘lanadigan silai rahmni bog‘lash va ularning do‘stlarini ikrom qilish”, dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Hadisi sharifda farzand o‘z ota-onasiga qiladigan yaxshilik ularning vafotlaridan keyin ham davom etishi lozimligi bayon qilinmoqda. Ya’ni, farzand ota-onasi haqqiga ularning vafotidan keyin ham mag‘firat so‘rab duo qilib tursa, ular uchun Alloh taologa istig‘for aytishni kanda qilmasa, inshoAlloh ota-onasining savobiga savob qo‘shilib boraveradi, darajasi esa ko‘tariladi. Yana bir muhim jihat shuki, farzandlar ota-onasining yaqinlariga hamisha sila rahm qilishi, ularning hollaridan xabar olib turishlari lozim.

Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Otangning do‘stligiga rioya qil, shunda Alloh taolo nuringni so‘ndirmaydi”, deganlar.

Demak, ota bilan do‘stlashgan har qanday odamlardan aloqani uzmaslik kerak.

 

Ilyosxon AHMЕDOV