Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Oktabr, 2025   |   19 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:12
Quyosh
06:30
Peshin
12:15
Asr
16:05
Shom
17:52
Xufton
19:04
Bismillah
11 Oktabr, 2025, 19 Rabi`us soni, 1447
Yangiliklar

Diniy idorada fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi

08.10.2025   4034   1 min.
Diniy idorada fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi

Bugun, 8 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov fuqarolarni qabul qilib, murojaat va takliflarini tingladi.

Mazkur jarayonda yurtimizning turli joylaridan kelgan yurtdoshlarimiz haj va umra, ishga joylashish, oilaviy munosabatlar, moddiy yordam va boshqa masalalarda murojaat qilishdi.

Mas’ullarga vakolat doirasidagi masalalarni qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Diniy idorada fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi Diniy idorada fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi Diniy idorada fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi Diniy idorada fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ichimlik ichishda bajariladigan sunnatlar

10.10.2025   1163   1 min.
Ichimlik ichishda bajariladigan sunnatlar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

1. Bismillohni aytish.

2. O‘ng qo‘lda ichish.


3. Dam olib, (idishning tashqarisida) nafas olib, uchga bo‘lib ichish.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam ichimlikda uch marta nafas olar edilar (Imom Muslim rivoyati).


4. O‘tirib ichish.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Birortangiz tik turib ichmasin”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Doktor Abdurazzoq Kilyaniy aytadi: “Ovqat va suvning o‘tirgan holatda yeyish va ichish sog‘liq uchun havfsiz va foydalidir. Bunda insonning oshqozoni tinch va bo‘shashgan holatda bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida suvni oshqozonga hech qanday to‘siqlarsiz to‘g‘ri kelib tushishini ta’minlaydi. O‘tirib ichilganda suv avval oshqozonga tushib, kislotali muhit bilan qorishadi, so‘ngra organizmdagi mikroblarni tozalaydi va o‘n ikki barmoq ichakka o‘tadi. Bu inson organizmini turli kasalliklardan himoyalanashiga sabab bo‘ladi. Inson tik turib suv ichganda esa, suv to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘n ikki barmoq ichakka o‘tib ketadi. Bu inson salomatligi uchun xavfli va zararlidir”.


5. Ichib bo‘lgach, Allohga hamd aytish.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Albatta, Alloh taolo banda taom yeb Unga hamd aytganidan, ichimlik ichib, Unga hamd aytganidan rozi bo‘ladi” (Imom Muslim rivoyati).

 

Davron NURMUHAMMAD