So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda haj safariga oid asossiz e’lonlar ko‘paymoqda. Afsuski, o‘tgan yili yuzlab o‘zbekistonliklar noqonuniy yo‘llar bilan hajga borib, ibodatlarini to‘liq ado eta olishmadi. Ba’zilari deportatsiya qilindi, qamaldi, hatto vafot etganlar ham bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hajni tashkil etish Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi zimmasiga yuklatilgan. Ular Saudiya Arabistoni bilan rasmiy shartnomalar asosida ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Saudiya Arabistoni qonunlariga ko‘ra, haj faqat vakolatli tashkilotlar orqali amalga oshiriladi. Noqonuniy yo‘llar bilan hajga borish ibodat qilish imkoniyatini bermaydi va qonunbuzarlik hisoblanadi. Bunday harakatlar deportatsiya va katta miqdorda jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.
Ziyoratingiz xavfsiz bo‘lishi uchun firibgarlarga aldanmang va davlat ko‘magida tashkil etilayotgan rasmiy haj safarini tanlang.
Ogoh bo‘ling, firibgarlarga aldanmang!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Nottingem (Buyuk Britaniya) universitetining bir qator tadqiqotchi olimlari tomonidan olib borilgan izlanish hamda tajribalarga ko‘ra, kompyuter o‘yinlariga mukkasidan ketish oxir oqibat yoshlarni chekish hamda spirtli ichimlik iste’mol qilishga olib borishi kuzatildi.
Ayniqsa, Counter-Strike, Grand Theft Auto (GTA), Call of Duty: Black Ops II, Call of Duty: Modern Warfare 3 hamda Assassin’s Creed III kabi kompyuter o‘yinlarini muntazam o‘ynaydigan yoshlar bilan bu o‘yinlarni o‘ynamaydigan yoshlar o‘rtasida so‘rovnoma olib borilganda, bu o‘yinlarga haddan berilgan yoshlarning aksariyati spirtli ichimlik va tamaki mahsulotlari iste’mol qilishlari aniqlandi.
Davron NURMUHAMMAD