Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Iyun, 2026   |   15 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:52
Peshin
12:26
Asr
17:34
Shom
19:54
Xufton
21:29
Bismillah
02 Iyun, 2026, 15 Zulhijja, 1447
Yangiliklar

Farg‘onalik imomlar Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan tanishdi (Foto)

02.06.2026   1069   1 min.
Farg‘onalik imomlar Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan tanishdi (Foto)

Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan diniy soha xodimlarining ilmiy-ma’rifiy salohiyatini oshirish rejasiga muvofiq, Farg‘ona viloyatining Quva, Toshloq, Rishton va Furqat tumanlari imom-xatiblari Toshkent shahridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga borishdi. 
 

Tashrif davomida imom-xatiblar markazning boy ekspozitsiyalari, Qur’oni karim zali, nodir qo‘lyozmalar hamda buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosiga bag‘ishlangan bo‘limlar bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, zamonaviy multimedia loyihalari va tarixiy eksponatlar diniy soha vakillarida chuqur taassurot qoldirdi.


Diniy soha xodimlari markazda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yurtimizda ma’rifiy islom g‘oyalarini targ‘ib qilish hamda yosh avlodni milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.


Belgilangan rejaga asosan, Farg‘ona viloyatining boshqa shahar va tumanlarida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarning ham markazga tashriflari bosqichma-bosqich davom ettiriladi. 

Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

 

Farg‘onalik imomlar Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan tanishdi (Foto) Farg‘onalik imomlar Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan tanishdi (Foto) Farg‘onalik imomlar Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan tanishdi (Foto) Farg‘onalik imomlar Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan tanishdi (Foto)
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxoroda ma’rifiy suhbat surdo tarjimada tushuntirildi

02.06.2026   1007   1 min.
Buxoroda ma’rifiy suhbat surdo tarjimada tushuntirildi

Buxoro shahridagi «Abu Bakr as-Siddiq» jome masjidida gapirish va eshitishida nuqsoni bo‘lgan fuqarolar uchun "Farzand tarbiyasi va himoyasi — katta mas’uliyat" mavzusida ma’rifiy suhbat bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda masjid imom-noibi Dilshod domla Hodiyev ishtirokchilarga mavzuning diniy va ijtimoiy ahamiyatini tushuntirib berdi. Ma’lumotlar imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga malakali surdo tarjimon Dilfuza A’lamova tomonidan imo-ishora tilida mahorat bilan yetkazildi.


Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan aqida, fiqh va kundalik ijtimoiy hayotga doir savollariga atroflicha javob oldilar.

Tadbir yakunida Buxoro viloyati vakilligi tomonidan qatnashchilarga bayram tuhfalari ulashildi.


Alloh taolo bunday xayrli va savobli ishlarni bardavom aylab, ehson sohiblaridan rozi bo‘lsin! 

Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Buxoroda ma’rifiy suhbat surdo tarjimada tushuntirildi Buxoroda ma’rifiy suhbat surdo tarjimada tushuntirildi
O'zbekiston yangiliklari