Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Aprel, 2026   |   18 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:35
Quyosh
05:57
Peshin
12:30
Asr
17:00
Shom
18:58
Xufton
20:13
Bismillah
07 Aprel, 2026, 18 Shavvol, 1447

Taniqli ulamolarning navbatdagi tashrif manzili – Samarqand

25.07.2022   1143   2 min.
Taniqli ulamolarning navbatdagi tashrif manzili – Samarqand

Bugun, 25 iyul' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Holiqnazarov boshchiligidagi yurtimizdagi bir guruh taniqli ulamolarning Samarqand viloyatiga tashrifi boshlanadi.

Safar davomida taniqli ulamolar ishtirokida jome masjidlarda ilmiy-ma'rifiy suhbatlar o'tkazilishi reja qilingan.

Toshkent shahridan Samarqand viloyatiga tashrif buyurgan ulamolar safarning ilk kunida peshin namoziga quyidagi masjidlarga borishi ko'zda tutilgan:

Samarqand shahri

? “Ho'ja Ishoqi Vali” masjidiga O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Holiqnazarov;

? “Shoxi Zinda” masjidiga O'zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahar vakili o'rinbosari Abduqahhor domla Yunusov;

? “Namozgoh” jomesiga Toshkent shahar “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi imom-xatibi Ismoil domla Muhammad Sodiq;

? “Yangiobod” jomesiga Toshkent shahar “Baland” masjidi imom-xatibi A'zamjon domla Ergashev;

? “Qo'shboqqolli” jomesiga Toshkent shahar “To'xtaboy” masjidi imom-xatibi Zokir domla Sharifov;

? “Ho'ja Nisbatdor” jomesiga Toshkent shahar “Islomobod” masjidi imom-xatibi Abdulloh domla Yuldoshev;

? “Lahutiy” jomesiga Toshkent shahar “Dorul omon” masjidi imom-xatibi Abdulhamid Jumanov;

? “Ho'ja Abdu Darun” jomesiga Toshkent shahar “Ko'kcha Oqtepa” masjidi imom-xatibi Abdulloh G'ulomov;

? “Ho'ja Zudmurod” jomesiga Toshkent shahar “Ali ibn Abu Tolib” masjidi imom-xatibi Fazliddin Allayorov;

? “Damariq” jomesiga Toshkent shahar “Yakkasaroy” masjidi imom-xatibi Salohiddin domla Tashanov;

? “Domla Kamoliddin” jomesiga Toshkent shahar “Usmon bin Ma'zun” masjidi imom-xatibi O'tkir domla Hakimov;

? “Ruhobod” jomesiga Toshkent shahar “Beshqayrag'och” masjidi imom-xatibi Ibn Tursun Bilolqori domla ibn Sultonmurod;

? “Faqix Abu Lays” jomesiga Toshkent shahar “Koh ota buzruk” masjidi imom-xatibi Abduhakim domla Pirnazarov;

? “Qoraboy Oqsaqol” jomesiga Toshkent viloyati “Abu Bakr Siddiq” masjidi imom-xatibi Nurali domla Mavlonov;

Samarqand tumani

? “Imomi A'zam” jomesiga Toshkent shahar “Imom Termiziy” masjidi imom-xatibi Isoqjon domla Begmatov.

? Alloh taolo ulamolarimiz safarini xayrli va manfaatli qilsin!

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sirdaryoda diniy soha xodimlarining yangi rejalari belgilandi

07.04.2026   9   1 min.
Sirdaryoda diniy soha xodimlarining yangi rejalari belgilandi

Shu yilning 6 aprel kuni Guliston shahridagi “Guliston” jome masjidida Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Habibulloh domla Zokirov rahbarligida viloyatdagi imom-xatiblarning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimligi kotibiyat mudiri Abdurahmon Nazirqulov ham ishtirok etdi.


Yig‘ilish kun tartibidan diniy-ma’rifiy faoliyatni jadallashtirish, ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash va yurt obodligiga hissa qo‘shish kabi muhim masalalar o‘rin oldi.


Viloyat bosh imom-xatibi Habibulloh domla Zokirov o‘z nutqida “Yashil makon” umummilliy loyihasining ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi. Masjidlar atrofini ko‘kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxtlar ekish hamda hududlarda ozodalikni saqlash imom-xatiblarning diqqat markazida bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.


Muloqot davomida mahalla “yettiligi” bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, fuqarolar yig‘inlarida faol ishtirok etish va aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, xorijdagi vatandoshlarimiz va mehnat migrantlari bilan doimiy aloqada bo‘lish, ularning oila a’zolaridan xabar olish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.


Viloyat hokimligi mas’uli Abdurahmon Nazirqulov so‘zga chiqib, masjidlarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash va aholi orasida sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashda diniy soha xodimlarining o‘rni beqiyos ekanini qayd etdi.


Yig‘ilish yakunida imom-xatiblarga berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, kasbiy mas’uliyatni oshirish hamda jamoatchilik bilan ishlashda tashabbuskor bo‘lish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.


Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Sirdaryoda diniy soha xodimlarining yangi rejalari belgilandi Sirdaryoda diniy soha xodimlarining yangi rejalari belgilandi Sirdaryoda diniy soha xodimlarining yangi rejalari belgilandi Sirdaryoda diniy soha xodimlarining yangi rejalari belgilandi
O'zbekiston yangiliklari