Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Yanvar, 2026   |   8 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:17
Quyosh
07:39
Peshin
12:41
Asr
15:51
Shom
17:37
Xufton
18:52
Bismillah
27 Yanvar, 2026, 8 Sha`bon, 1447

Qirg'izistonda 2-xalqaro Qur'on musobaqasi o'tkazildi

05.07.2022   1453   1 min.
Qirg'izistonda 2-xalqaro Qur'on musobaqasi o'tkazildi

Shu yil 28-29 iyun' kunlari Qur'oni karimni yoddan tilovat qilib berish bo'yicha Qirg'izistonning Bishkek shahrida o'tkazilgan II Halqaro Qur'oni karim musobaqasida O'zbekiston vakili sifatida Toshkent shahridagi “Ko'kaldosh” o'rta maxsus islom bilim yurti 3-kurs talabasi Bilol qori Yusufjonov qatnashdi.

Mazkur musobaqada Rossiya Federatsiyasi, Checheniston, Ingushiya, Tatariston, Boshqirdiston, Dog'iston, Yakutiya Respublikalari, shuningdek, Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston, Shrilanka, Pokiston va boshqa davlatlar qorilaridan iborat 16 nafar vakil ishtirok etdi.

Musobaqada ishtirokchi qorilarning chiqishini Qatar, Liviya, Misr Arab Respublikasi, Turkiya va Qirg'iziston Respublikasi mutaxassislaridan iborat bo'lgan hakamlar hay'ati a'zolari baholab borishdi.

Yakuniy natijaga ko'ra, 1-o'rin Shrilanka, 2-o'rin Dog'iston, 3-o'rin Qirg'iziston, 4-o'rin Pokiston va 5-o'rin Checheniston Respublikasi qorilariga nasib etdi. Shuningdek, vakilimizga ham tashakkurnoma yorlig'i topshirildi.

G'oliblarga mukofotlar topshirildi. Shuningdek, ishtirokchi qorilar uchun musobaqa tashkilotchilari tomonidan Qirg'izistondagi dam olish zonasi va diqqatga sazovor joylarga ziyoratlar uyushtirildi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Halqaro aloqalar bo'limi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom institutida "Qur’on musobaqasi – 2026" g‘oliblari aniqlandi

26.01.2026   1271   1 min.
Toshkent islom institutida

Toshkent islom institutida “Yanvar – Qur’on qiroati va ilmlari fan oyligi” doirasida Oliy ma’had talabalari o‘rtasida “Qur’on musobaqasi – 2026” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tadbirni institut rektori Uyg‘un domla G‘afurov ochib berdi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosarlari va Ulamolar kengashi a’zolari Muhammadolim  domla Muhammadsiddiqov va Zayniddin domla Eshonqulov ishtirokchilarga omad tiladi.


Musobaqada qorilar «Qur’on ilmlari» kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan baholandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, hifz yo‘nalishida Najmiddinov Muhammad Aminxon, tilovat yo‘nalishida esa Abdullayev Shukrulloh 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.


G‘oliblarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Toshkent islom instituti tomonidan qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi. 

Oliymahad.uz

 

Toshkent islom institutida Toshkent islom institutida Toshkent islom institutida Toshkent islom institutida Toshkent islom institutida Toshkent islom institutida Toshkent islom institutida Toshkent islom institutida Toshkent islom institutida Toshkent islom institutida Toshkent islom institutida Toshkent islom institutida Toshkent islom institutida