Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Aprel, 2026   |   28 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:17
Quyosh
05:41
Peshin
12:28
Asr
17:07
Shom
19:09
Xufton
20:27
Bismillah
17 Aprel, 2026, 28 Shavvol, 1447

Fosiq omonatdor bo'lolmaydi

01.07.2022   1831   3 min.
Fosiq omonatdor bo'lolmaydi

«Ey imon keltirganlar! Agar fosiq xabar keltirsa, aniqlab ko'­ringlar, bir qavmga bilmasdan musibat etkazib qo'yib, qilganingizga nadomat chekuvchi bo'lmanglar» (Hujurot surasi, 6-oyat).

«Nabiy sollallohu alayhi va sallam Va­lid ibn Uqbani Bani Mustaliq qabi­lasiga zakotlarni yig'ish uchun yubor­dilar. Qabila odamlari uzoqdan ko'­ringan Valid ibn Uqbaga peshvoz chiqishdi. Validning Bani Mustaliq qa­bilasi bilan eski adovati bor edi. Ularni ko'rib, qattiq qo'rqqanidan ortiga qaytdi va Payg'ambarimiz alayhissalomning huzurlariga kelib: “Ba­ni Mustaliq qabilasi murtad bo'libdi, za­kotlarini berishmadi”, deya xabar berdi.

Nabiy sollallohu alayhi va sallam xa­­bar ishonchli ekanini tekshirish uchun Holid ibn Validni Bani Mustaliqqa yubor­dilar. Holid ibn Valid Bani Mustaliq qabilasi hududiga tunda etib bordi. Holat­ni aniqlashtirish uchun qabila chegarasiga askarlaridan birini kiritdi. Askar qabila Islom dinini mahkam tutgani, murtad bo'lmaganini aytdi. Gaplarining isboti o'laroq, azon ovozi va namozdagi jahriy qiroat ham eshitilib turardi.

Tong yorishgach, Holid ibn Valid roziy­­allohu anhu ma'lumotlar to'g'ri ekaniga yana bir bor iqror bo'ldi va Nabiy sollal­lohu alayhi va sallamning huzurlariga qaytib kelib, voqeani bayon qildi. O'sha vaqtda yuqoridagi oyat nozil bo'ldi».

Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Ho­tirjamlik Allohdan, shoshilish shay­tondandir”, deb ta'lim berdilar.

“Bir qavmga bilmasdan musibat et­kazib qo'yib, qilganingizga nadomat chekuvchi bo'lmanglar”. Ya'ni: “Shoshilib, hushyorlikni qo'ldan boy bermang”, de­ganidir. .

Oyat adolatli kishining xabari qabul qilinishiga dalil. Kimning fosiqligi oshkor va aniq bo'lsa, u etkazgan xabar ijmoga asosan qabul qi­linmaydi. Zero, xabar omonatdir. Fosiq esa omonatdor bo'la olmaydi.

Imom Shofe'iy rahimahulloh: “Fosiq ni­kohda valiy bo'la olmaydi”, degan. Abu Hanifa va Imom Molik rahimahu­malloh nazdida esa, valiy bo'lsa, joiz. Chunki u ahli ayolini rashk qilish, ular uchun mol-mulkini sarflash, oilasini hi­moya qilish borasida ishonchli bo'lishi mumkin.

Fosiq boshqalar nomidan biror gap yo biror narsani etkazishi yoki elchi bo'li­shi joiz. Shuningdek, adolat talab qilin­maydigan o'rinlarda fosiq tasarruf qi­lishi joiz sanaladi.

«Nadomat chekuvchi bo'lmanglar». Na­domat pushaymonlikdir. Inson sodir qilib qo'ygan ishi haqida: “Shu ish sodir bo'lmaganida edi”, deb orzu qilishi af­suslanishidir. .

“Tafsiri Qurtubiy” asari asosida

“Ko'kaldosh” o'rta maxsus islom

bilim yurti o'qituvchisi

Oxunjon AHMYeDOV tayyorladi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom instituti va Ko‘kaldosh madrasasi talabalari o‘zaro bellashdi

16.04.2026   3003   1 min.
Toshkent islom instituti va Ko‘kaldosh madrasasi talabalari o‘zaro bellashdi

Toshkent islom institutida «Aprel — O‘zbek va xorijiy tillar fan oyligi» doirasida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti hamda «Ko‘kaldosh» o‘rta maxsus islom bilim yurti talabalari o‘rtasida do‘stona intellektual bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqa o‘zbek, rus va ingliz tillarida, jami 7 ta murakkab bosqichda o‘tkazildi.

Intellektual duel davomida talabalar nafaqat o‘zlarining til bilish salohiyati va grammatik mahoratlarini, balki mantiqiy fikrlash hamda tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini ham namoyon etdi. T

Tadbirda ishtirok etgan soha mutaxassislari va ta’lim muassasalari rahbariyati ta’kidlaganidek, bu kabi ilmiy bellashuvlar bo‘lajak mutaxassislarning ham intellektual, ham ma’naviy rivojlanishida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. 

Oliymahad.uz

Toshkent islom instituti va Ko‘kaldosh madrasasi talabalari o‘zaro bellashdi Toshkent islom instituti va Ko‘kaldosh madrasasi talabalari o‘zaro bellashdi Toshkent islom instituti va Ko‘kaldosh madrasasi talabalari o‘zaro bellashdi Toshkent islom instituti va Ko‘kaldosh madrasasi talabalari o‘zaro bellashdi Toshkent islom instituti va Ko‘kaldosh madrasasi talabalari o‘zaro bellashdi Toshkent islom instituti va Ko‘kaldosh madrasasi talabalari o‘zaro bellashdi Toshkent islom instituti va Ko‘kaldosh madrasasi talabalari o‘zaro bellashdi Toshkent islom instituti va Ko‘kaldosh madrasasi talabalari o‘zaro bellashdi Toshkent islom instituti va Ko‘kaldosh madrasasi talabalari o‘zaro bellashdi
O'zbekiston yangiliklari