Saudiya Arabistoni hukumati 100 nafar yuqori malakali ulamoni Makkaning Al-Harom masjididagi ziyoratchilarga maslahat berish uchun jo'natdi.
Al-Harom masjidiga navbatchilik qilgan yuzlab olimlar orasida taniqli shariat qozilari va Saudiya universitetlarining o'qituvchilari bor, deya xabar beradi ArabNews.
Islom ulamolari masjid hududidagi maxsus joylarda o'tirib, qavm va ziyoratchilarning savollariga jonli ravishda va telefon orqali javob beradilar. Ulamolar navbat almashib ishlashadi va kunu tun rejimida maslahat berishadi.
Yuzlab olimlardan tashqari mo'min musulmonlar Al-Harom masjidi hududida ishlaydigan robotlarga ham o'z savollarini berishi mumkin. Robotlar arab, ingliz, rus, fors, turk, malay, xitoy, bengal va xaus kabi 11 tillarda so'zlay olishadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Alhamdulillah, biz mo‘min-musulmonlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga salavot aytishga buyurilganmiz. Agar bir marta salavot aytsak, bizga Alloh o‘n marta rahmat yo‘llaydi, o‘nta gunohimiz o‘chiriladi, martabamiz o‘n daraja ortadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh unga o‘n marta rahmat yo‘llaydi. Uning o‘nta gunohi o‘chiriladi, martabasi o‘n daraja ko‘tariladi” (Imom Ahmad rivoyati). Manbalarda qisqa salavot sifatida quyidagi salavot beriladi:
اَللَّهُمَّ صل وَسَلِّمْ عَلَى نَبِيِّنَا مُحَمَّد
Allóhumma solli vasallim alá nabiyyiná Muhammad
Ma’nosi: “Ey, Alloh! Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga rahmat va salom yo‘llagin!”
Ruhiddin Akbarov,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi