Samimiy uchrashuvda Farg'ona viloyati va Turkiya o'rtasida turli sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda qo'shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari xususida so'z bordi.
Viloyat hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining xalqaro grantini ham jalb etgan holda Rishton tumanidagi Burhoniddin Ar-Roshidoniy Al-Marg'inoniy ziyoratgohini rekonstruktsiya va restavratsiya qilish loyihasi ham uchrashuvda alohida muhokama qilindi.
Jemalettin Tuney majmua loyihasi bilan tanishar ekan, har bir bino-inshootning alohida smetasini ishlab chiqib ularga taqdim qilinsa, yakuniy hisob-kitoblardan kelib chiqib, TIKA loyihadagi qaysi ob'ektlarni moliyalashtirishini hamda tashkilotning moliyaviy ishtiroki hajmini belgilashini ma'lum qildi. Majmuaning yakuniy loyihasi yaqin kunlarda turkiyalik hamkorlarga taqdim etilishiga kelishildi.
Rejalashtirilayotgan loyihaga ko'ra, “Sohibi Hidoya” ziyoratgohi hududida yangi va zamonaviy bino-ishootlar qurilishi va uning negizida “Fiqh” ilmiy-amaliy markazi tashkil etish, kutubxona barpo etish, Burhoniddin Ar-Roshidoniy Al-Marg'inoniyning hayoti va asarlariga bag'ishlangan muzey tashkil etish, ziyorat turizmini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
M. Sulaymonov, O'zA
Bismillahir Rohmanir Rohiym
حدثنا عباس الدوري نا عبيد الله بن موسى نا إسرائيل عن سماك عن عبد الرحمن بن عبد الله عن أبيه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم : نضر الله امرءا سمع منا حديثا فبلغه فرب مبلغ أوعى له من سامع.
Abdurahmon ibn Abdulloh otasidan rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: “Bizdan bir hadisni eshitib, uni (boshqasiga) yetkazgan odamni Alloh yorlaqasin. Zero, ba’zan yetkazilganlar eshitgandan ko‘ra fahmlovchiroq bo‘ladi”, dedilar.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi