Ovqat pishgandan keyin boshini uyning kattasiga olib qo'yish kerak, degan gap bor. Shunday qilish shart-mi?
— Taomlanishni ham o'ziga yarasha odoblari va qoidalari bor. Shulardan biri dasturxon ustida yoshi kattalar bo'lsa, ular taomni boshlagunicha qo'l uzatmaslikdir.
Rasulullloh sollallohu alayhi vasallam: “Kichiklarimizga rahm-shafqat qilmagan va yoshi ulug'larimizni hurmatini bilmagan bizdan emas”, deganlar (Imom Termiziy, Imom Abu Dovud rivoyati).
Demak, yoshi kattalarning haqlari bor. Unga rioya qilish eng buyuk axloq va sunnat hamdir.
Muhammad Ayyub HOMIDOV
Davlatimiz Rahbari tomonidan joriy yil 16 fevral kuni imzolangan “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida” gi qarori ushbu oyni xalqimizga xos insonparvarlik, ezgulik va mehr-oqibat singari an’ana va qadriyatlarga sodiq holda o‘tkazishda asosiy omil bo‘lmoqda.
Qutlug‘ oyning avvalida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligida soha xodimlari tomonidan yurtimizning barcha hududidagi eng og‘ir mahallalardagi kam ta’minlangan oilalar uchun iftorliklar tashkil etilib, ko‘ngli o‘ksik kishilar og‘irini yengil qilish va ko‘ngillarini shod etish ishlari boshlab yuborildi.
Joriy yilning 22 fevral kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov hamda Uchtepa tumani "Hazrat Ali" masjidi imomlari bilan birgalikda Davlatobod mahallasida istiqomat qiluvchi Husan aka Alimov xonadonda bo‘ldilar. Hovli kichik bo‘lishiga qaramy 4 ta oila ahillikda, Yaratganga shukronalikda umr kechirmoqdalar. Tashrif chog‘ida ushbu xonadon ahillariga ro‘zg‘or ashyolari va oziq-ovqat mahsulotlari hadya qilindi. Shundan so‘ng xonadon egalari bilan birgalikda iftorlik dasturxonida ma’rifiy-hayotiy suhbat qilindi. Yakunda Yurtimiz va yurtdoshlarimizning haqqiga xayrli duolar qilindi.
Bunday xayriya tadbirlari mamlakatimiz bo‘ylab davom etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati