Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Fevral, 2026   |   23 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:04
Quyosh
07:23
Peshin
12:42
Asr
16:09
Shom
17:56
Xufton
19:09
Bismillah
11 Fevral, 2026, 23 Sha`bon, 1447

Qalb zangini nima ketkazadi?

05.01.2022   2704   1 min.
Qalb zangini nima ketkazadi?

Insonning qalbi temirga o'xshaydi, suv tekkan temir zanglaganidek, qalb ham zanglab turadi. Shu sababli inson doimo qalbiga e'tibor berishi va uning zangini ketkazib turishi lozim.

Insonning qalbidagi zangni ikki narsa ketkazadi. Bu ikki narsaning biri o'limni eslash bo'lsa, ikkinchisi esa Qur'oni karimni o'qishdir.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Bu qalblar ham xuddi temir suv tekkanda zanglagani kabi zanglaydi”, dedilar. Shunda: “Yo Allohning Rasuli, nima qalbni sayqallaydi, zangini ketkazadi?” deyildi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “O'limni eslash va Qur'on tilovat qilish”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Alloh taolo qalblarimizni doimo pok holda bo'lishini barchamizga nasib aylasin!

 

R. AKBAROV,

O'zbekiston musulmonlar idorasining

Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Iymon mukammalligi alomati

10.02.2026   1161   1 min.
Iymon mukammalligi alomati

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Ilohiy muhabbatning alomatlaridan biri shuki, Alloh taolo kimni sevsa, biz ham uni yaxshi ko‘rishimiz lozim. U zot kimni dushman tutsa, biz ham uni dushman deb bilishimiz lozim. Hadisi muborakda Abu Umoma Bohiliydan rivoyat qilinadi:

عَنْ أَبِيْ أُمَامَةَ الْبَاهِلِيِّ قَالَ قَالَ رَسُوْلُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ أَحَبَّ لِلَّهِ وَ أَبْغَضَ لِلَّهِ وَ أَعْطَى لِلَّهِ وَ مَنَعَ لِلَّهِ فَقَدْ اسْتَكْمَلَلَ الْاِيْمَانَ.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rsa va Alloh yo‘lida nafrat qilsa va Alloh uchun (sadaqa) bersa, va Alloh uchun man qilsa, darhaqiqat, iymonini komil qilibdi”, dedilar (Imom Abu Dovud va Imom Tabaroniy rivoyati).

Bu hadisdan olinadigan xulosalardan biri shuki, toki qalbda Alloh taoloning muhabbati bo‘lmas ekan, imonning haqiqiy lazzatini his qilib bo‘lmaydi.

Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy rahimahullohning
"Ilohiy ishq" kitobidan Nodir Odinayev tarjimasi

Maqolalar