Hushxabar: O'zbekistonda masjidlar soni 2101ga etdi!
Chimboy tumani «Kenges» ovul fuqarolari yig'inidagi yangidan ochilayotgan «Yusuf ota» jome masjidining qurilishi 2020-yili boshlangan edi. Oradan bir yil vaqt o'tib, barcha qulayliqlarga ega, ixcham va atroflari obod masjid imorati tadbirkorlar va mahalliy aholi tomonidan qurib bitkazildi.
Bugun ushbu masjidning ochilish marosimi bo'ldi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari R.Saparbayev, Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti qozisi Sh.Bauatdinov, Chimboy tumani hokimi A.Tajetdinov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi bo'lim boshlig'i A. Oteo'liyev, masjid imomlari, nuraniy oqsoqollar va «Kenges» ovuli turg'unlari ishtirok etdi.
So'zga chiqqanlar so'ngi yillarda diniy sohadagi yutuqlar, respublikamizda qisqa vaqitning ichida amalga oshayotgan ijobiy o'zgarishlar, yangilanishlar va islohotlar haqqida aytib o'tdi. Masjid qurilishiga yaqindan yordam bergan tadbirkorlarga, qurilishchilarga va ovul turg'unlariga o'zlarining minnadorchiligini bildirdi.
Bu inshoot tumandagi 2-masjid bo'lib, bu erda barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bu masjidda birinchi marta o'qilgan juma namozida xalqimiz farovonligi, yurtimiz tinchligi va xotirjamligini tilab duolar qilindi.
Shuning bilan O'zbekistonda masjidlar soni 2101 ga, Qoraqalpog'istonda esa 58 masjidga etdi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldingi 57-masjid shu oyda Qanliko'l tumani «Qos jap» ovul fuqarolari yig'ini hududidan «Atajan xo'ja» nomi bilan ish boshlagan edi.
Yangidan ish boshlayotgan masjidlarimizni Alloh taolo muborak qilsin. Qiyomat kuniga qadar mo'min-musulmonlar uchun xizmat qilishini nasib qilsin.








Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti
O'MI Masjidlar bo'limi
2026 yil 21 iyul kuni Qumqo‘rg‘on tumani “Besh qahramon” mahallasida imom-xatiblar, otinoyilar va mahalla vakillari ishtirokida yilning birinchi yarim yilida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Tadbirda tuman bosh imom-xatibi H.Zayniyev va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bosh mutaxassisi Sh.Mamadiyev hisobot berdi. Qayd etilishicha, 6 oy davomida 11 mingga yaqin fuqarolarni qamrab olgan 1300 dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy tadbir va davra suhbatlari o‘tkazilgan.
Shuningdek, soha xodimlarining sport va intellektual sohadagi faolligi ham e’tirof etildi. Tumanda ilk bor imomlarning sport jamoalari va “Zakovat” klubi tashkil etilgani alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida fidoyi va tashabbuskor soha xodimlari hamda mahalla faollariga tuman hokimligining Tashakkurnomalari topshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Surxondaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati