Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Aprel, 2026   |   18 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:35
Quyosh
05:57
Peshin
12:30
Asr
17:00
Shom
18:58
Xufton
20:13
Bismillah
07 Aprel, 2026, 18 Shavvol, 1447

Ro‘zaning katta hikmati

27.04.2020   4484   2 min.
Ro‘zaning katta hikmati

Ba’zilar “Ro‘zaning hikmati nima?” yoki “Ro‘za tutishdan maqsad nima?” degan savollarni beradilar.

Alloh taolo bandalarini nima ishga buyurgan va ularini nimadan qaytargan bo‘lsa, buyuk hikmatga ko‘ra buyurib-qaytargandir. U Zotning barcha ishi hikmatdan xoli emas. U Zot Hakimdir.  

Biror ibodatni buyurishdan ko‘zlangan maqsad ba’zan oshkora aytilgan bo‘lsa, ba’zi o‘rinlarda maxfiy qilingan. Ulamolar bu hikmatni izlab, o‘rganib, topib, odamlarga bayon qilib beradilar.

Alloh taolo Qur’oni Karimda ro‘zaning katta hikmatini bayon qilib shunday degan:

 يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ كُتِبَ عَلَيْكُمُ الصِّيَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى الَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

“Ey iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi. Shoyadki taqvodor bo‘lsangiz” (Baqara surasi, 183-oyat).

Demak, ro‘zaning farz qilinishidan ko‘zlangan katta maqsad – taqvodorlikdir.

Xo‘sh, inson ro‘za sababli qanday qilib taqvodor bo‘ladi?

Ro‘za tutganingizni Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi, bilolmaydi. Ramazonda kunduzi hech narsa yemay, hech narsa ichmay yuribsiz. Sizni yeyish-ichishdan nima to‘syapti? Borib muzdek suv ichsangiz, sizni biror inson ko‘rmaydi-ku! Lekin ichmaysiz. Chunki sizni Alloh ko‘rib turganini o‘ylaganingiz uchun ichmaysiz. Ha, Alloh meni ko‘rib turibdi degan qo‘rquv suv ichishdan sizni to‘syapti. Bu muroqabadir. Allohning ko‘rib turganini his etishdir. Inson Allohning ko‘rib turganini his qilsa, Uning buyurganini qilib, qaytarganidan qaytadi. Bu esa – taqvodir.

Ro‘zador odam shu ro‘zasi sababli poklanadi, shu ro‘zasi sababli taqvodor bo‘ladi, shu ro‘zasi sababli gunohlardan tiyilishni o‘rganadi. Sizni gunoh qilishga sharoitingiz bor bo‘lsa ham, qo‘lingizni cho‘zsangiz gunoh sodir bo‘lsa ham shu ishni qilmaysiz. Alloh meni ko‘rib turibdi deb yeyish-ichishdan tiyilishda egallagan malakangiz gunohdan tiyilishda ham qo‘l keladi.

 

Shayx Sa’iyd ibn Muhammad Kamaliyning mav’izasidan

O‘MI matbuot xizmati

Ramazon-2020
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xorazmda diniy soha xodimlari o‘rtasida kurash bo‘yicha viloyat bosqichi o‘tkazildi

07.04.2026   151   1 min.
Xorazmda diniy soha xodimlari o‘rtasida kurash bo‘yicha viloyat bosqichi o‘tkazildi

Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbusi bilan Xorazm viloyatida diniy soha vakillari o‘rtasida milliy kurash bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

">http://


Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va milliy qadriyatlarni ulug‘lash maqsadida tashkil etilgan ushbu bellashuvda vohaning eng polvon xodimlari o‘z mahoratini ko‘rsatdi.


Musobaqa yakunlariga ko‘ra:

  • Shahar va tumanlardan kelgan eng kuchli polvonlar saralab olindi;

  • G‘oliblar musobaqaning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.


Polvonlarimizga navbatdagi bellashuvlarda zafarlar tilaymiz!

 

O‘MI

Xorazm viloyati vakilligi

Matbuot xizmati 

Xorazmda diniy soha xodimlari o‘rtasida kurash bo‘yicha viloyat bosqichi o‘tkazildi Xorazmda diniy soha xodimlari o‘rtasida kurash bo‘yicha viloyat bosqichi o‘tkazildi Xorazmda diniy soha xodimlari o‘rtasida kurash bo‘yicha viloyat bosqichi o‘tkazildi Xorazmda diniy soha xodimlari o‘rtasida kurash bo‘yicha viloyat bosqichi o‘tkazildi Xorazmda diniy soha xodimlari o‘rtasida kurash bo‘yicha viloyat bosqichi o‘tkazildi Xorazmda diniy soha xodimlari o‘rtasida kurash bo‘yicha viloyat bosqichi o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari